Abu Zakariya Yahyo yurishlari birinchi Hafsiylar amiri Abu Zakariyo Yahyo hukmronligi davrida amalga oshirilgan bir qancha harbiy yurishlarni oʻz ichiga oladi, bu yurishlarning asosiy qismi Magʻrib hududida boʻlib oʻtgan.

Yurishlar

Hafsiylar mustaqilligini eʼlon qilinishidan ham avval, Abu Zakariyo Yahyo allaqachon Muvahhidlar xalifaligidan ajralib chiqqan edi. 1230-yilda u qoʻzgʻolon koʻtarib, ikki harbiy yurishni boshladi va ular davomida Bijaya hamda Qusantinani zabt etib, oʻz hududini sharq tomonga kengaytirdi.

1236-yilda Hafsiylar oʻz hududlarini kengaytirishda davom ettirib, Banu Tujjin va Banu Mandil qabilalarini boʻysundirdilar. Bu ularga Jazoir ustidan nazorat oʻrnatish va Shelif daryosigacha yetib borish imkonini berdi.

Keyinroq, 1235-yilda Hafsiy amiri Tripoli (Liviya)ni egallab, uning atrofidagi arab aholisini oʻz nazoratiga oldi. Bu esa unga butun Ifriqiya mintaqasi ustidan oʻrnatilgan hokimiyatini mustahkamlash imkonini berdi.

Hafsiylar sulolasining 1236-yilda rasmiy mustaqillikka erishganidan bir yil oʻtib, 1237-yilda Abu Zakariyo Yahyo Milyona yaqinida mashhur Banu Gʻoniya qabilasini tor-mor keltirdi va ularning yetakchisi Yahyo ibn Gʻoniyani oʻldirdi.

1242-yilda Abu Zakariyo Yahyo Tilimsanni oʻziga qoʻshib oldi. U yerda u Tilimsan qirolligi hukmdori Yagʻmurasan ibn Zayyonni magʻlub etib, uni oilasi bilan birga qochishga majbur qildi. Jangdan soʻng u Yagʻmurasanni Tilimsan ustida hafsiylar oliy hukmronligini tan olishga majbur qildi va shu tariqa butun Tilimsan qirolligini amalda oʻziga qoʻshib oldi.

U oʻz yurishlarini Marokashda yakunladi. Bu yerda avval Seuta va Sijilmasa kabi shaharlar uning hokimiyatini tan oldi, keyinchalik esa Meknas va Tanjer ham unga boʻysundi | pages=119.

Manbalar

Turkum:Hafsiylar sulolasi