Manuf – (, ) — Misrning Nil deltasida, Monufiya muhafazasida joylashgan shahar. Shahar maydoni 18.76 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Manuf shahri oʻzi joylashgan Monufiya muhafazasiga nom bergan va 1826-yilgacha ushbu muhafazaning poytaxti boʻlib xizmat qilgan. Shahar muhafazadagi qadimdan buyon odamlar uzluksiz yashab kelayotgan qadimgi Misr shaharlaridan biri.
Nomi Ilgari Manuf Minuf al-Ulya ( — „Yuqori Manuf“) deb atalgan, bu nom qibtiy tilidagi („Janubiy Panuf“) soʻzidan kelib chiqqan. „Yuqori“ iborasi bu oʻrinda Nil daryosi oqimiga nisbatan yuqorida (janubda) joylashganini anglatgan va uni Minuf as-Sufli ( — „Quyi Manuf“, hozirgi Mahallat Manuf) shahridan ajratib turish uchun qoʻllanilgan.
Qibtiy tilidagi *Panuf* nomi oʻz navbatida qadimgi misr tilidagi („Yaxshi orol“) iborasidan kelib chiqqan. Shaharning yunoncha nomi *Onouphis Ano* () ham aynan ushbu misrcha nomdan olingan.
Tarixi Panouf IV asr oʻrtalariga kelib yepiskoplik markaziga aylangan, buni 362-yilda Aleksandriya sinodida Onufis yepiskopi Adelfisning ishtirok etgani tasdiqlaydi.
Imperator Fokaga sodiq boʻlgan „Koʻklar“ (Bizans imperiyasidagi siyosiy va sport guruhi) uchun shahar muhim markaz vazifasini oʻtagan. Generallar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda shahar qisqa muddat ichida bosib olingan.
XIX asrga kelib shahar inqirozga uchraydi. Unda bogʻlar boʻlmagan, koʻchalari tor hamda kir edi, uylari esa kichik va sifatsiz qurilgan edi.
Taniqli shaxslari Misrlik Iosif — Aleksandriya kopt pravoslav cherkovining 52-patriarxi.
Manbalar
Turkum:Misr shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari