Shubra Xit () — Misrning Buhayra muhofazasida joylashgan shahar va markaz. Maydoni — 195,9 km². Markaz aholisi 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra 295 777 kishini tashkil qilgan, shaharning oʻzida esa 2017-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 28 505 kishi yashagan.

Shahar 1798-yil 13-iyulda Napoleon Bonapart armiyasi va Murodboy boshchiligidagi mamluklar otliq qoʻshini oʻrtasida boʻlib oʻtgan „Shubra Xit jangi“ bilan mashhur.

Manbalar

Turkum:Misr shaharlari Turkum:Buhayra muhofazasi aholi punktlari