Daphne Jean Hilton (qizlik familiyasi: Ceeney; 1934-yil 7-yanvar — 2016-yil 25-iyul) — avstraliyalik paralimpiyachi. Daphne Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan birinchi avstraliyalik ayol hisoblanadi. U 1960-yildan 1968-yilgacha uchta Paralimpiada oʻyinlarida kamondan otish, yengil atletika, qilichbozlik, suzish va stol tennisi boʻyicha jami oʻn toʻrtta medalni qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
Ceeney 1934-yil 7-yanvarda Yangi Janubiy Uels shtatining Xarden-Murrumburra shaharchasida dunyoga kelgan. Oiladagi toʻrt farzandning eng kattasi boʻlgan. U 1951-yilda 17 yoshida ot minish vaqtidagi baxtsiz hodisa oqibatida umurtqa pogʻonasini sindirib olib, paraplegiya (oyoqlar sholi) boʻlib qolgan. U Murrumburraga qaytishdan oldin Sidneydagi Qirolicha Shaxzoda Alfred kasalxonasida 9 oy oʻtkazgan. Avariyadan sakkiz yil oʻtgach, u Sidneyga koʻchib oʻtdi va u yerda dastlab olti oy Cherrivud reabilitatsiya markazida, keyin esa bir yil Mon-Vilga reabilitatsiya kasalxonasida yashagan. Reabilitatsiya kasalxonasida yashab yurgan davrida u oʻzining sport mahorati va koʻnikmalarini rivojlantirgan. U 1960-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Avstraliyaning yagona ayol sportchisi sifatida tanlab olingan.
1967-yilda u „Northern Archers“ klubida tanishgan Frank Hilton bilan turmush qurgan. U 1970-yilda egizak qizlari Nikol va Reychel tugʻilgunga qadar stenografist-mashinistka boʻlib ishlagan. U tugʻruqdan oldin olti oy davomida Qirollik Shimoliy Sohil kasalxonasida yotgan va Avstraliyada egizak farzand koʻrgan birinchi paraplegiya xastaligiga chalingan ayol boʻlgan. Uning homiladorligi va tugʻruq jarayoni haqida ilmiy dissertatsiya ham yozilgan. Daphne 2000-yilgi Sidney Olimpiadasi va Paralimpiya oʻyinlarida sportchilar shaharchasini rasman ochib bergan hamda 2000-yilgi Paralimpiya mashʼalasi estafetasida qatnashgan. 2012-yil avgust oyida u 1960-yilgi oʻyinlarning medallari toʻplamini va Avstraliya terma jamoasining uchta kiyimini Avstraliya Paralimpiya qoʻmitasiga topshirgan. U 2016-yil 25-iyulda Kanberra shahrida 82 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Tashqi havolalar Daphne Ceeney — Athletics Australia Results