Ingichka minorali madrasa () — Turkiyaning Konya shahrida joylashgan XIII asrga oid madrasa, hozirda bu yerda Tosh va yogʻoch buyumlar muzeyi () joylashgan. Serhasham bezatilgan kirish qismi, gumbaz bilan qoplangan hovlisi, naqshinkor gʻishtlardan qurilgan va 1901-yilda qisman vayron boʻlgan minorasi hamda Onadoʻli saljuqiylari meʼmorchiligi namunalaridan biri sifatida mashhur.

Tarixi Ingichka minorali madrasa 1265-yilda Saljuqiylar vaziri Sohib ota Faxriddin Alining topshirigʼiga binoan bunyod etilgan. Konya shahri moʻgʻullar hukmronligidan qaytarib olinganidan keyingi oʻn yilliklarda Sohib ota shaharda meʼmorchilik rivojiga katta hissa qoʻshgan ikki yirik homiydan biri edi. Sohib ota 1285-yilda vafot etganidan soʻng Konyadagi oʼziga tegishli masjid majmuasiga dafn etilgan.

Meʼmorchiligi Majmua tuzilishi Ingichka minorali madrasa Konyadagi Saljuqiylar hukmronligi davrida hokimiyat markaziga yaqin boʼlgan hududda, qal’a joylashgan tepalik etagida bunyod etilgan. Madrasa majmuasining oʻlchami taxminan 23,60 × 20,30 metrni tashkil etadi. Toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi majmuaning markazida gumbaz bilan qoplangan hovli joylashgan. Uning shimoliy, janubiy va gʻarbiy tomonlari madrasa xonalari bilan oʻralgan. Talabalar uchun ajratilgan hujralar markaziy gumbaz yopilgan qoplangan hovlining shimoliy va janubiy tomonlarida, dars xonalari esa gʻarbiy tomonda joylashgan. Hovlining sharqiy tomonida bir gumbazli masjid, janubi-sharqiy burchagida esa ikki balkonli minora () mavjud. Hovlining kirish eshigi roʻparasida bitta ayvon joylashgan. Hovli bochka shaklidagi gumbazlar bilan qoplangan yoʻlaklar, shuningdek, toʻgʻri toʻrtburchak va kvadrat shaklidagi xonalardan iborat. Bunday meʼmoriy uslub keyinchalik Onadoʼli saljuqiylari meʼmorchiligida keng tarqalgan.

Oʻrta asrlar islom meʼmorchiligiga xos boʻlgan masjidning majmua tarkibiga kiritilishi majmuaning diniy ibodat maskani va taʼlim muassasasi sifatidagi koʻp qirrali vazifalarini aks ettiradi. Majmuaning tashqi fasadi yoʻnilgan toshlardan ishlangan, tashqi yon tomon devorlarida esa tartibsiz shakldagi toshlar va xarsanglardan foydalanilgan. Binoning ichki qismida gʻishtlardan ham konstruktiv, ham bezak berish maqsadida foydalanilgan. Gʻishtdan bezak yaratish saljuqiylar meʼmorchiligida keng tarqalgan usul boʻlib, bu anʼana Onadoʼli hududidagi qadimiy gʻishtin meʼmorchilik uslubi bilan bogʻliq boʼlgan.

Portal va fasad Bino peshtoqi butun fasad boʻylab yuqoriga choʻzilgan, nafis oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan tosh qoplamalar bilan ziynatlangan. Oʻsha davrdagi boshqa saljuqiylar inshootlarida kirish eshigi ustiga muqarnasli ravoqlar ishlangan boʻlsa, Ingichka minorali madrasa peshtoqida ularning oʻrniga yirik hajmli, yozuvlar bitilgan tosh lavhalardan foydalanilgan. Peshtoqning yuqori qismida, eshik tepasida suls xatida bitilgan Qurʼonning 36 va 110-suralarini koʼrish mumkinSchimmel, Annemarie. Islamic Calligraphy, (Brill, 1970), 22.. Peshtoq yuzasi tugun, novda va barg shaklidagi geometrik hamda oʻsimlik shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. Bezaklar nafaqat tosh oʻymakorligi va xattotlik sanʼatini namoyon etadi, balki binoning ichki qismlari qanday joylashganini tashqi tomondan anglashni imkonsiz qilib qoʼyadi. Peshtoqning ikki yonidagi dumaloq naqshlar ichida inshoot meʼmori Kölük ibn Abdullohning nomi tilga olingan. U, shuningdek, Sivas shahridagi Gök madrasasi hamda Konyadagi Sohib ota majmuasini ham loyihalagan. Meʼmor Sohib ota Faxriddin Alining topshirigʼi bilan qurilgan boshqa binolalarni loyihalash ishlarida ham ishtirok etgan boʼlishi mumkin"gizlilik Bildirimi — Fikriyat Gazetesi". www.fikriyat.com. Retrieved 2020-11-11..

Gumbaz Madrasa hovlisining markaziy qismi katta gumbaz bilan yopilgan. Saljuqiylar meʼmorchiligining soʻnggi davrida binolarni markaziy qism atrofida rejalashtirish keng tarqalgan edi. Biroq Ingichka minorali madrasa hovlisining usti gumbaz bilan yopilgani bilan avvalgi shu turdagi inshootlardan farq qiladi. Katta markaziy gumbaz Saljuqiylargacha boʻlgan Onadoʼli meʼmorchiligi anʼanalarini aks ettiradi. Bunda, ayniqsa, qadimgi masjidlarning meʼmoriy tuzilishi va Vizantiya cherkovlariga xos anʼanalar yaqqol namoyon boʻladi.

Gumbaz tepasidagi maxsus tuynuk orqali hovliga yorugʻlik tushadi. Gumbazni gʻishtdan qurilgan toʻrtta uchburchak shaklidagi konstruksiya koʻtarib turadi. Gumbaz atrofidagi yon xonalarning bezaksiz qoldirilgani markaziy qismning meʼmoriy koʻrinishini yanada taʼsirchan qilib koʼrsatadi. Gumbazning ichki yuzasi feruzarang va qora koshinlar bilan bezatilgan. Koshinlar geometrik naqshlar hosil qiladigan tarzda terilgan boʼlib, ular orasiga kufiy xatida yozuvlar ham tushirilgan. Minora Ingichka minorali madrasaning nomi dastlab nihoyatda baland boʻlgan va ikki aylana maydonchaga ega minoradan olingan. Biroq 1901-yilda chaqmoq urishi oqibatida minoraning bir qismi vayron boʻlgan. Kuchli chaqmoq natijasida minora madrasaga tutash masjid ustiga qulagan va uning gumbazini ham vayron qilgan. Shundan soʻng bino taʼmirlangan, taʼmirlash ishlarida beton va shishadan ham foydalanilgan. Minora gumbaz bilan yopilgan qismga kirish joyi yaqinida joylashgan. Uning asosi kvadrat shaklida boʻlib, gʻishtdan qurilgan. Yuqoriga koʻtarilgan sari minora kvadrat shaklidan silindrsimon shaklga oʻtadi. Minoraning tashqi yuzasi yashil koshinlar va geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Bu bezaklar Saljuqiylar meʼmorchiligi va amaliy sanʼatiga xos uslubni namoyon etadi. Saljuqiylar davrida binolarning tashqi yuzasini sirlangan gʻishtlar bilan qoplash va turli naqshlar bilan bezash keng tarqalgan edi.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar

Blessing, Patricia, and Rachel Goshgarian. Architecture and Landscape in Medieval Anatolia, 1100–1500 / Edited By Patricia Blessing And Rachel Goshgarian. Edinburgh University Press, 2018. Demiralp, Yekta. „Ince Minareli ('Slender Minaretʼ) Madrasa“ in Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers, 2020. http://islamicart.museumwnf.org/database_item.php?id=monument;ISL;tr;Mon01;8;en „gizlilik Bildirimi — Fikriyat Gazetesi“. www.fikriyat.com. Hillenbrand, R. (1994), 'Islamic architecture: form, function and meaningʻ, Edinburgh University Press, Edinburgh. „Ince Minareli Medrese.“ Archnet, archnet.org/sites/2048.

„Ince Minare Madrasa.“ Muslim Heritage, 3 Dec. 2019, muslimheritage.com/ince-minare-madrasa/. Michell, M. et al. (eds.) (1978), 'Architecture of the Islamic World', Thames and Hudson, London. Özcan, Koray. „The Anatolian Seljuk City An Analysis on Early Turkish Urban Models in Anatolia.“ Central Asiatic Journal 54, no. 2 (2010): 273–90. Accessed October 28, 2020. . Schimmel, Annemarie. Islamic Calligraphy, (Brill, 1970). „TAŞ VE AHŞAP ESERLERİ MÜZESİ (İNCE MİNARE).“ Muze, Government of Turkey, muze.gov.tr/muze-detay?SectionId=KIM01&DistId=MRK.

Havolalar

İnce Minareli muzeyidan koʻplab suratlar

Turkum:Konyadagi binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi madrasalar Turkum:1279-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi arxeologiya muzeylari Turkum:1956-yilda tashkil etilgan muzeylar Turkum:13-asrda qurib bitkazilgan madrasalar Turkum:Saljuqiylar