Muhammad VI nomidagi muqaddas Qurʼon mukofoti () — Qurʼon, hadis, fikrat (islomiy tafakkur) hamda xattotlik kabi turli yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan Muhammad VI mukofotlaridan biridir. Tanlov har yili Marokash vaqf va din ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Qurʼoni karim boʻyicha Muhammad VI mukofotlari bir nechta toifalardan iborat boʻlib, ularning birinchisi Qurʼon maktablari (maktabxona) mukofotidir. U uch yoʻnalishga boʻlinadi: taʼlimni osonlashtirish (qulay sharoit yaratish) mukofoti, boshlangʻich taʼlim uslubiyati mukofoti hamda taʼlim samaradorligi mukofoti. Har bir yoʻnalish boʻyicha bosh mukofot qiymati ellik ming dirhamni tashkil etadi va mukofotlar har yili Qadr kechasida topshiriladihabous.gov.ma – the prizes (ar)about the prize (ar)King Mohammed VI hands awards to top male laureates of 2017–2018 literacy Program.

Tarixi Qurʼon maktablari mukofoti ushbu turkumdagi ilk mukofot boʻlgan. Musobaqa Marokash podshohi Muhammad VI ning 2002-yilgi qirollik farmoyishiga asosan tashkil etila boshlagan. Soʻngra, 2005-yil 16-fevralda Muhammad VI ning navbatdagi farmoni bilan „Qurʼoni karimni yod olish, tilovat qilish, tajvid va tafsir boʻyicha Muhammad VI mukofoti“ taʼsis etildi. Bu xalqaro va milliy darajadagi mukofotlarni oʻz ichiga olib, har yili Muhammad paygʻambarning tugʻilgan kunida topshiriladi. Bundan tashqari milliy mukofot doirasida, „Qurʼoni karim boʻyicha kichik yoshli bolalar mukofoti“ tadbiri ham oʻtkazib kelinadi. 2007-yil 30-noyabrda chiqarilgan yangi farmonga muvofiq, Qurʼon va ilmga xizmat qilgan fidoyilarga beriladigan „Qurʼon ahli mukofoti“ taʼsis etildi. Uning qiymati yuz ming dirhamni tashkil etadihabous.gov.ma – the prizes (ar). Qatnashuvchi davlatlar Tajvid, tafsir va qiroat bilan Qurʼonni yod olish boʻyicha xalqaro mukofotda dunyoning koʻplab mamlakatlari ishtirok etadiWinners names of – The International award – 2019 (ar)many countries Participating in Muhammad VI Awards – Alarab newspaper.

Mukofotlar Kuttab Qurʼon maktablari mukofoti Tajvid, tafsir va qiroat bilan Qurʼonni yod olish boʻyicha xalqaro mukofot Bolalar oʻrtasida Qurʼonni yod olish mukofoti Tajvid va qiroat bilan Qurʼonni yod olish boʻyicha milliy mukofot Qurʼon ahli mukofoti

Har bir mukofot oʻzining tanlov bosqichlari, nomzodlari, gʻoliblari hamda sovrinlariga ega.

Yana qarang Dubay xalqaro muqaddas Qurʼon mukofoti Islom moliyasi boʻyicha qirollik mukofoti Xalqaro Qurʼon tilovati musobaqasi Eron Islom Respublikasining xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi Liviya xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi Tijan an-Nur xalqaro Qurʼon musobaqasi

Manbalar

Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari Turkum:Qurʼon qiroati