Jomiʼa Dorul Ulum Siddiqiya () — Pokistonning Karachi shahri shimoliy qismida joylashgan islomiy madrasa Google Earth Map, 23 October 2009. Qur’on, sunnat va fiqh boʻyicha bilimlarni anʼanaviy usullarda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalangan holda oʻrgatadigan islomiy taʼlim muassasalaridan biri.

Mazkur madrasaga hanafiylik mazhabiga mansub, anʼanaviy diniy qarashlari bilan tanilgan Mavlono Mashkur Hoshimiy tomonidan asos solingan. Mashkur Hoshimiy hozirda ushbu madrasa mudiri hamdir Official Website, 19 October 2009. Madrasada qariyb 1000 nafar talaba diniy va zamonaviy taʼlim oladi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi.

Asos solinishi Jomi’a Dorul Ulum Siddiqiya 1990-yil 12-fevralda diniy ulamo Mavlono Mashkur Hoshimiy tomonidan tashkil etilgan. Mashkur Hoshimiy oʻzining sevimli ustozi, ulamo Mavlono Siddiq Ahmad Bandviy sharafiga madrasaga Siddiqiya nomini bergan Official Website, 19 October 2009.

Hamkorlik Jomi’a Dorul Ulum Siddiqiya sunniy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Jomi’a Dorul Ulum Siddiqiya Pokistondagi islomiy madrasalarning mahalliy kengashi —Vifaq-ul-Madaris al-Arabiya al-Arabiyya Pokiston bilan rasmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Mazkur tashkilot dunyodagi eng yirik islomiy madrasalar birlashmasi hisoblanadi. Shu sababli, Jomi’a Dorul Ulum Siddiqiya barcha taʼlim bosqichlarida yillik imtihonlarni tashkil etishda Vifaq-ul-Madaris xizmatlaridan foydalanadi.

Madrasa maʼmuriyati, shuningdek, Karachi shahridagi Oʻrta taʼlim kengashi va Yuqori oʻrta taʼlim kengashi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun muhim qadamlarni tashlamoqda Official Website, 19 October 2009.

Ahamiyati Jomi’a Dorul Ulum Siddiqiya anʼanaviy Darsi Nizomiy dasturi asosida Qur’on, hadis va fiqh fanlarini oʻqitish bilan bir qatorda maktabdan kollej bosqichigacha boʻlgan zamonaviy umumiy taʼlim beriladigan islomiy madrasalar qatoriga kiradi.

Boʻlimlari Jomi’a Dorul Ulum Siddiqiya quyidagi toʻqqizta boʻlim va taʼlim yoʻnalishiga ega Official Website, 19 October 2009. Qur’on tilovati va yodlash boʻlimi (Nazra va Hifz) Darsi Nizomiy boʻlimi Banot boʻlimi (qizlar taʼlim kampusi) Masturot boʻlimi (voyaga yetgan ayollar taʼlim kampusi) Fahmi din boʻlimi (voyaga yetgan erkaklar taʼlim kampusi) Ingliz va arab tillari boʻlimi Kompyuter laboratoriyasi Kutubxona Tabiiy fanlar laboratoriyasi

Galereya

Manbalar

Havolalar

Vifoq ul-Madaris al-Arabiyya

Turkum:Islomiy siyosiy tashkilotlar Turkum:Pokistonda joylashgan ta’lim tashkilotlari Turkum:Pokistondagi madrasalar