Sunan Ampel (asl ismi Raden Ahmad Rahmatullah yoki Sayyid Ali Rahmatullah; 1401–1481)Sejarah Indonesia: Wali Songo – Javada islom dinining yoyilishiga hissa qoʻshgan Vali Sanga – toʻqqiz avliyoning biri. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Demak atrofida joylashgan Demak katta masjidi 1479-yilda Sunan Ampel tomonidan bunyod etilgan:id:Sunan Ampel, biroq boshqa manbalar masjid qurilishini Sunan Kalijaga bilan bogʻliqligini koʻrsatadi.
Kelib chiqishi Sunan Ampelning otasi Mavlono Malik Ibrohim boʻlib, u Ibrohim as-Samarqandiy (yavacha talaffuzda “Ibrahim Asmarakandi”) hamda Sunan Gresik nomlari bilan ham tanilgan. Onasi Champa malikalaridan biri boʻlgan. Sunan Ampel milodiy 1401-yilda Champada, hozirgi markaziy Vetnam hududida tugʻilgan. Javaga 1443-yilda kelgan. U yerga xolasi Dvaravatini koʻrgani borgan, degan tahminlar ham bor. Dvaravati ham champalik malika boʻlib, Majapaxit qiroli Kertavijayaga turmushga chiqqan:id:Sunan Ampel.
Sunan Ampelning shajarasi uni Muhammad paygʻambar avlodidan ekanini koʻrsatadi. Biroq boshqa bir qarashga ko‘ra, uning ildizlari xitoyliklarga borib taqalishi va Bong Svi Hoo ismi bilan ham manbalarda uchrashi aytiladi. Bu ikki nazariya bir-birini inkor etmaydi, chunki Chjan Xe davrida Xitoy musulmonlari Janubi-sharqiy Osiyo bilan juda yaxshi aloqada boʻlgan. Qolaversa, oʻz yurtidan olisda qoʻnim topgan musulmon erkakning mahalliy ayolga uylanishi u paytlarda odatiy hol boʻlgan.
Sunan Ampel Tuban shahridan boʻlgan, asli xitoylik kapitan Gan Eng Suning qizi Nyi Gede Manila bilan turmush qurgan. Bu nikohdan 4 farzand tugʻilgan. Oʻgʻillari Sunan Bonang va Sunan Drajat Vali Songoga kirgan avliyolardan sanaladi. Qizi Syarifah Sunan Ngudungning rafiqasi va Sunan Kudusning onasi boʻlgan:id:Sunan Kudus. Yana bir qizi esa Raden Patahning birinchi xotini va otasidan keyin Demak sultonligi yetakchisi boʻlib qolgan Trenggananing onasi boʻlgan:id:Raden Patah. Ayrim manbalarda Raden Patah Sunan Ampelning amakivachchasiWali Songo: The Nine Walis boʻlgani aytiladi.
Taʼlimoti Moh Limo, Mohlimo yoki Molimo (Moh: xohlamaslik, limo: besh) – Sunan Ampelning oʻsha davrdagi jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy buzilishlarni tuzatishga qaratilgan daʼvat va taʼlimot falsafasi. U quyidagi besh qaytariqdan iborat:
Moh Mabok: Mast qiluvchi ichimliklar (spirtli ichimliklar, xamr va shu kabilar)ni ichmaslik. Moh Main: Qimor, garov va shunga oʻxshash oʻyinlaridan yiroq boʻlish. Moh Madon: Zino, bachabozlik, ayollar oʻrtasidagi jinsiy munosabatlar va shunga oʻxshash barcha fahsh ishlardan uzoq boʻlish. Moh Madat: Giyohvandlik vositalari va shunga oʻxshash moddalarni isteʼmol qilmaslik. Moh Maling: oʻgʻrilik, korrupsiya, talonchilik va shunga oʻxshash ishlarni qilmaslik.
Bu taʼlimot XV asrda, Majapahit qirolligi fuqarolar urushi, axloqiy tanazzul hamda qimor, talonchilik va zoʻrlashlarning avj olishi tufayli izdan chiqqan paytda paydo boʻlgan. Majapahit qiroli Dyah Kertavijaya xalqning xulq-atvorini yaxshilash maqsadida Sunan Ampelga taʼlimot ishlab chiqishni taklif qilganAmbrosius Harto Manumoyoso, Caecilla Mediana (27 Maret 2025) "Menempel Panca-Sila Sunan Ampel" Kompas. hal 2.
Dafn etilishi
1479-yilda Sunan Ampel Demak ulkan masjidini qurdiradi. Uning Demak shahridagi yetakchilik ishlarini kichik xotini Devi Karimahdan tugʻilgan oʻgʻli – Sunan Demak nomi bilan tanilgan Raden Zaynal Abidin davom ettiradi.
Raden Zainal Abidinning kenja oʻgʻli keyinchalik katta masjidning imomi boʻlib, Raden Zakaria (Sotopuro shahzodasi) nomi bilan tanilgan.
Sunan Ampel 1481-yilda vafot etgan. Sharqiy Yavaning Surabaya shahriga dafn etilgan. Qabri Ampel masjidi majmuasi ichida joylashgan.
Faoliyati
Sunan Ampel Sunan Giri va Raden Patahning:id:Raden Patah ustozlaridan biri boʻlgan.
Yana qarang
Indoneziyada islom Indoneziyada islom tarqalishi (1200-yildan 1600-yilgacha) Ali al-Uraidhi ibn Jaʼfar al-Sodiq
Manbalar
Sunyoto, Agus (2014). Atlas Wali Songo: Buku Pertama yang Mengungkap Wali Songo Sebagai Fakta Sejarah. 6th edition. Depok: Pustaka IIMaN.
Turkum:Indoneziyada Islom tarixi Turkum:Wali Sanga Turkum:1401-yilda tugʻilganlar Turkum:1481-yilda vafot etganlar