Shayx Mustafo Abduroziq () (1885-yilda tugʻilgan; 1947-yil 15-fevralda vafot etgan) – misrlik ulamo va faylasuf.
Hayoti U Misrning Minyo muhofazasidagi Abu Jirj qishlogʻida tugʻilgan.
Faoliyati Mustafo Abduroziq Mustafo al-Marogʻiydan keyin Al-Azharning bosh imomi etib tayinlanadi. Biroq u katta ulamolar kengashi aʼzosi boʻlmagani sababli, bu tayinlovga boshqalar qarshilik koʻrsatishadi. Misr qiroli Foruq I unga lavozimni saqlab qolish imkonini berish maqsadida qonunga oʻzgartirish kiritilishiga erishadi. Tarixchi Fawaz Gerges Abdulroziqni oʻz davridagi „al-Azharning isyonkor aʼzosi“ deb taʼriflagan.
Mustafo Abduroziq Muhammad Abduning izdoshi sifatida “anʼanaviy islom falsafasining zamonaviy tafakkur ratsionalizmi bilan mos kelishini isbotlash”ga intilgan.
Uning akasi Ali Abduroziq ham islomshunos olim, qozi va hukumat vaziri boʻlganMarshall Cavendish Reference. Illustrated Dictionary of the Muslim World Muslim World. Marshall Cavendish, 2010 p.79..
Mustafo Abduroziq XX asr boshlarida Misragi nufuzli siyosiy partiyalardan biri boʻlmish „Hizb al-Umma“ (1907–1925) faoliyatida ishtirok etgan. Shuningdek, Liberal Konstitutsiyaviy partiyaning „Al Siyasa“ gazetasida maqolalar chop etib turgan. 1940-yil noyabr oyida bosh vazir Hussein Sirri Posho boshchiligidagi hukumat kabinetida vaqf ishlari vaziri etib tayinlangan.
Manbalar
Adabiyotlar I. M. Abu Rabi', 'Al-Azhar and rationalism in modern Egypt: the philosophical contributions of Shaykhs Mustafa 'Abd ar-Raziq and 'Abd al-Halim Mahmud', Islamic Studies, vol. 27, no. 2 (Summer 1988), pp. 129–50 G. C. Anawati and M. Borrmans, 'Le cheikh Mustafa 'Abd ar-Raziq et son ecole', in Tendances et courants de l'Islam arabe contemporaine, München, 1982, pp. 30–35 Taha Hussein, 'Le cheikh Mostafa 'Abd el-Razeq tel que je l'ai connu', Mélanges, vol. 4 (1957), pp. 249–53
Turkum:1885-yilda tugʻilganlar Turkum:1947-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr misrlik faylasuflar Turkum:Misrning Vaqf ishlari vazirlari Turkum:Qohiradagi Arab tili akademiyasi aʼzolari Turkum:20-asr islom faylasuflari