Al-Azhar bosh imomi (), shuningdek al-Azhar katta shayxi () nomi bilan ham tanilgan – Misr va islom olamidagi rasmiy unvon. Hozirgi oliy imom – Ahmed el-Tayeb boʻlib, u bu lavozimga 2010-yil 10-martda tayinlangan.
Al-Azhar bosh imomi ayrim musulmonlar uchun sunniylik tafakkuri va islom huquqshunosligidagi eng oliy nufuzga ega shaxs hisoblanadi. Shuningdek, ushbu lavozim egasi butun dunyo boʻylab ilohiyotdagi Ashʼariylik va Moturidiylik anʼanalariga ergashuvchilarga katta taʼsir ko‘rsatadi. Al-Azhar bosh imomi Al-Azhar ash-Sharif, al-Azhar masjidi va keng maʼnoda, al-Azhar universitetiga boshchilik qiladi hamda Misr bosh muftiysi bilan birga rasmiy diniy masalalar uchun masʼul.
Tarixi Al-Azhar bosh imomi unvoni rasman 1961-yilda taʼsis etilgan. XIV asrda al-Azhar rahbariga „al-Azharning mushrifi“ unvoni berilgan, keyinchalik esa „al-Azhar noziri“ va Usmoniylar imperiyasi davrida „al-Azhar katta shayxi“ unvonlari qo‘llangan. Bugun ushbu unvon sohibi „katta shayx“ unvoniga ham ega.
Adabiyotlar
Yana qarang
Al-Azhar bosh imomlari roʻyxati
Turkum:al-Azhar masjidi Turkum:al-Azharning bosh imomlari Turkum:Islom huquqshunosligi boʻyicha ulamolari Turkum:Diniy yetakchilik lavozimlari Turkum:Misrdagi unvonlar
Manbalar