Ulugʻbek krateri Oyning orqa (Yerdan uzoq) tarafining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan kraterdir. Koordinatalari — 32.7° shimoliy kenglik, 81.9° gʻarbiy uzunlik, diametri — 54 km, chuqurligi — 1,7 km. Atrofida shartli ravishda beshta yoʻldosh kraterlari — Ulugʻbek A, B, C, D, M ajratilgan. Ularning xarakteristikalari quyidagicha: UlugʻbekKenglikUzunlikDiametrA34.1° Sh79.3° Gʻ41 kmB32.8° Sh79.3° Gʻ8 kmC31.4° Sh79.1° Gʻ31 kmD31.6° Sh82.4° Gʻ21 kmM35.7° Sh83.4° Gʻ7 km

Ulugʻbek krateri olmon astronomi Johann Heinrich von Mädler tomonidan 1830-yili Mirzo Ulugʻbek sharafiga shunday nomlangan.

Havolalar Ulugh Beigh , The-Moon.wikispaces

Turkum:Selenografiya Turkum:Mirzo Ulugʻbek sharafiga nomlangan joylar