Qutubi Olam masjidi, toʻliq shakli Qutubi Olam masjidi va maqbarasi, shuningdek, Vatva dargohi nomi bilan tanilgan, Hindistonning Gujarot shtati Ahmadobod shahri Vatva hududida joylashgan sobiq soʻfiylik masjidi. Inshoot Hindistonning milliy ahamiyatga ega yodgorligi hisoblanadi.

Tarixi Abu Muhammad Abdulloh ibn Nosiriddin Mahmud (yoki Muhammad) ibn Jaloliddin Maxdum Jahoniyon, asosan, Qutbi Olam, shuningdek, Soniyi Maxdum Jahoniyon (Maʼorij) nomlari bilan tanilgan boʻlib, suhravardiylik tariqatiga mansub avliyo hamda Gujarotdagi Buxoriy sayyidlar sulolasining asoschisi boʻlgan. U Jaloliddin Maxdum Jahoniyning nabirasi boʻlib, 1388-yilda Uch shahrida tugʻilgan. „Mir’ot-i Ahmadiy“ asariga koʻra, Qutubi Olam 10 yoshida yetim qolgan, shundan keyin uni katta amakisi Shoh Raju Qattol tarbiya qilgan. Shoh Raju uni Gujarotga yuborgan. Bu yerda bobosining shogirdi sulton Muzaffarshoh I uni iliq kutib olgan. Qutubi Olam Mavlono Alishir Gujarotiydan taʼlim olgan, Ahmadobod shahriga asos solingach avval Asaualda, soʻng Batvada istiqomat qilgan. Shayx Ahmadi Xattudan xirqa olgan. Uning eng mashhur shogirdi oʻgʻli Shohi Olam boʻlgan.

Meʼmorchiligi Ahmadshoh saroyidagi amaldorlar va sulton Qutbiddin (Ahmadshoh II) dastlab kichik maqbara qurdirgan. Keyinchalik Mahmud Begoda tomonidan masjid, uning oʻgʻillaridan biriga atab maqbara, katta hovuz va yana bir ulkan maqbara barpo etilgan. Maqbara nihoyatda nafis ishlangan boʻlib, ustki qismini turli naqshlar bilan bezatilgan soyabon shaklidagi gumbaz qoplab turadi. Biroq bino qurilishi yakuniga yetkazilmagan, tashqi qismida ayvonlari mavjud emas, derazalariga esa tosh panjaralar oʻrnatilmagan .

Galereya

Yana qarang

Hindistondagi islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Hindistondagi 15-asr masjidlari Turkum:1469-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Hindistonda gumbazli masjidlar Turkum:1460-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Ahmadoboddagi masjidlar Turkum:Ahmadoboddagi maqbaralar