„The Mountain Shadow“ — avstraliyalik yozuvchi Gregory David Roberts qalamiga mansub 2015-yilgi roman. 2003-yilgi „Shantaram“ asarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Kitob ilk bor 2015-yil 13-oktyabrda „Grove Press“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bu rejalashtirilgan trilogiyaning ikkinchi kitobi.

Syujeti Voqealari asosan zamonaviy Bombeyda kechadigan ushbu asar „Shantaram“ yakunlangan joydan boshlanadi. Bosh qahramon Lindsay oʻzining eng yaqin ikki insonini — Afgʻoniston togʻlarida halok boʻlgan mafiya sardori Xodirbhayni hamda oqibatda bombeylik media-magnatga turmushga chiqib ketgan sirli va maftunkor Karlani yoʻqotganiga ikki yil boʻldi. Endilikda Lin Xodirbhayning soʻnggi topshirigʻini bajarishi, yaʼni togʻda yashovchi donishmandning ishonchini qozonishi, yangi mafiya yetakchilari oʻrtasida tinimsiz alangalanayotgan toʻqnashuvlarda omon qolishi, eng muhimi esa muhabbat va eʼtiqodga erishishi lozim.

Kutib olinishi „The New York Times“ muxbiri Akash Kapur shunday deb yozgan edi: "Gregory David Robertsning „Shantaram“ asari nashriyot olamida kutilmagan shov-shuv boʻldi. Adabiyotning oʻta talabchan tanqidchilari uning dabdabali uslubini masxara qilishgan boʻlsa, hindistonlik (va boshqa koʻplab) kitobxonlar undagi stereotiplar hamda madaniy joʻnlashtirishlardan gʻazablanishdi. Shunga qaramay, kitob Robertsga uni butun dunyo boʻylab toʻrt million nusxada sotishiga yordam bergan shafqatsiz haqqoniylik va yorqinlikka ega edi. Gollivud ekranlashtirish huquqini darhol sotib oldi. Kitob yangi shakllanayotgan Bombey nuar janrida oʻziga xos va munosib oʻrinni egalladi". „Financial Times“ muxbiri Tim Martin shunday taʼkidladi: "Oʻn yil davomida yozilgan „The Mountain Shadow“ — „Shantaram“ning rejalashtirilgan trilogiyaning ikkinchi qismi boʻlib, u muallifning koinot haqida qoʻliga ilingan barcha xulosalarini yetkazish missiyasini davom ettiradi… Buning oʻrniga biz kitob sahifalariga chigirtkadek yopirilgan oʻsha muhim haqiqatlar va ehtirosli kechinmalarga duch kelamiz". „The Sydney Morning Herald“dan Kamron Vudxed shunday fikr bildirdi: "Bunday yuzaki, pand-nasihatga toʻla va joʻn aksiomatik bayonotlar, albatta, badiiy haqiqatning ziddiyatli kuchiga yaqinlasha olmaydi, qisman shuning uchunki, bunday shiorbozlik va soxta falsafa bizga narsalarni sotish uchun muntazam ravishda qoʻllaniladi. Ularda Proustdan koʻra koʻproq Oprahga xos umumiylik bor. Zigʻircha boʻlsa ham aql-zakovati boʻlgan yoki oʻzini hurmat qiladigan aksariyat kitobxonlar, qanchalik haqiqat izlovchi boʻlmasinlar, „The Mountain Shadow“ning katta qismlari oʻz-oʻzini rivojlantirish sanoatining soxta dorilarini qanchalik eslatishini koʻrib, gʻashlari keladi".

Manbalar

Turkum:Grove Press kitoblari