250px|thumb|right|Gazlar tarkibidagi atom va molekula kabi zarralarning issiqlik taʼsiridan xaotik harakati Harorat (temperatura) (lotincha temperatura – kerakli aralashma, oʻrtacha holat) – moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
Harorat – bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning harakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabul qilingan. Shuningdek Kelvin gradusini mutloq nol xarorat ham deb yuritiladi. Chunki 0 K da har qanday moddada molekulyar harakat toʻxtaydi. Texnikada esa kelvin shkalasidan tashqari Tselsiy shkalasi ham keng qoʻllanadi. Tselsiy shkalasi suvning qaynash va muzlash xaroratlariga asoslangan va kelvin bilan quyidagi bogʻliqlikka ega: 1K =273,15 S. Farengeyt shkalasiga koʻra esa 0S = 32F va 100S = 212F. Farengeyt shkalasi nochiziqli shkala boʻlib, tS = 5/9 (tF-32) va aksincha tF=9/5 (tS +32) tarzida nisbatda boʻladi. Reomyur shkalasiga koʻra esa suvning muzlash xarorati 0R va qaynash xarorati 80R etib belgilangan. 1R=1.25 S
Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va xok. sifatida taʼsir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan oʻzaro bogʻliqdir.
Harorat SI da kelvinlarda (K) oʻlchanadi. Yordamchi oʻlchov birligi sifatida esa Tselsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.
Haroratni oʻlchashda termometr, termal tomoshabin, termopara, optik pirometr va xok. ishlatiladi.
Tarixi Qadimda „harorat“, tanasi issiqroq odamlarda boshqa odamlarga nisbatan, koʻproq oʻziga xos xususiyatga – teplorodga ega deb tushunilgan. Shuning uchun harorat deganda kuchli tananing oʻziga xos xususiyati va teplorod tushunilgan. Shundan kelib chiqib spirtli ichimliklarning quvvati va harorat, bir xil – graduslarda oʻlchanadi.
Harorat shkalalari 200px|thumb|right|Suv 0 °C da muzlaydi. Termometr −17 °C ni koʻrsatib turibdi.
+ Harorat shkalalarining oʻzaro nisbatlari shkalalar Kelvin Tselsiy Farengeyt Kelvin (K) = K = S + 273,15 = (F + 459,67) / 1,8 Tselsiy (° C) = K − 273,15 = C = (F − 32) / 1,8 Farengeyt (°F) = K · 1,8 − 459,67 = C · 1,8 + 32 = F
Harorat shkalalarini solishtirish + Harorat shkalalarini solishtirish Tavsif Kelvin Tselsiy Farengeyt Rankin Delil Nyuton Reomyur Ryomer Absolut nol 0−273.15−459.67 0 559.725−90.14−218.52−135.90 Farengeyt qorishmasining erish harorati (tuz va muz teng miqdorda) 255.37−17.78 0 459.67 176.67−5.87−14.22−1.83 Suvning muzlash harorati (qulay sharoitda) 273.15 0 32 491.67 150 0 0 7.5 Inson tanasining oʻrtacha harorati ¹ 310.0 36.6 98.2 557.9 94.5 12.21 29.6 26.925 Suvning qaynash harorati (qulay sharoit) 373.15 100 212 671.67 0 33 80 60 ErishTitan 1941 1668 3034 3494−2352 550 1334 883 Quyosh sirti 5800 5526 9980 10440−8140 1823 4421 2909 ¹ Inson tanasining oʻrtacha harorati – 36.6 ° C ±0.7 ° C, yoki 98.2 °F ±1.3 °F. Jadvaldagi baʼzi qiymatlar yaxlitlanilgan!
Havolalar
Temperature of a Healthy Human (Body Temperature) (inglizcha) Shkalalarni biridan boshqasiga oʻzgartirish (online)
Manbalar
Turkum:Fizika Turkum:SI