Andrey Sergeyevich (Shava) Arshavin (; 1981-yil 29-mayda, Leningradda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq professional futbolchi, vinger yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Arshavin 2019-yildan buyon „Zenit“ klubida maʼmuriy lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. U 2022-yilda Sportni rivojlantirish boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari, 2023-yilda esa klub boshqaruvi aʼzosi boʻlgan.
Arshavin oʻz faoliyatini 2000-yilda Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida boshlagan. U klub bilan Rossiya Premyer-ligasi, Liga kubogi, Rossiya Superkubogi, UEFA kubogi va UEFA Superkubogi kabi koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan. „Zenit“ jamoasidagi faoliyati davomida Arshavin Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb ham topilgan.
Andrey UEFA Yevro–2008 da oʻzini yaqqol namoyon qilgan va Rossiya terma jamoasining turnir yarim finaligacha boʻlgan yurishida koʻpchilikni hayratga solgan, shuningdek, 2008-yilgi „Oltin toʻp“ soʻrovnomasida 6-oʻrinni egallagan. Shundan soʻng Arshavin 2008–09-yilgi qishki transferlar oynasida Angliya Premyer-ligasining „Arsenal“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 15 million funt sterling evaziga oʻsha davrdagi „Arsenal“ tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan. Oxir-oqibat Arshavin avvaliga ijara asosida, keyin esa 2013-yilda butunlay „Zenit“ safiga qaytgan.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt Arsenal Profili
AndrArshavuin23 Arshavin Twitter sahifasi
RSSSF Russia — Record International Players Oʻyinchi profili Andrey Arshavin Forbes’da
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Zenit-2 Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:FC Kuban Krasnodar futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:21-asr rossiyalik sportchilari