Ming Oʻrik – Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻli bekatlaridan biri. Ushbu bekatdan Oʻzbekiston yoʻlining Oybek bekatiga oʻtiladi. 2 vestibyul va 1 platformadan iborat. Kumushrang marmar bilan bezatilgan. Oybek bekatiga oʻtiladigan 140 metrli yoʻlagi bor.Yunusabadskaya liniyaMing UrikUzbekistanskaya liniyaAybek

Tarixi

Yunusobod yoʻnalishidagi ushbu bekatning loyihaviy nomi „Lohutiy“ bekati boʻlgan. Metro bekatning qurilish ishlari 80-yillar soʻngida boshlanadi. 90-yillarga kelib qurilish materiallarining taqchilligi, hamda xomashyolarning narxi haddan tashqari oshib ketganligi sababli qurilish ishlari sekinlashadi. 2001-yil oktyabrida „Ming oʻrik“ nomi ostida ishga tushgan .

Manbalar

Turkum:2001-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar