Ortiq Otajonov (1947.30.1, Xorazm viloyati Bogʻot tumani — 2019.17.5, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Xorazm viloyati Bogʻot tumani Jdanov (hozir Navoiy) nomli kolxozda tavallud topgan. Maktabni 7-sinfgacha Bogʻotda, davomini Urganchda oʻqigan. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi boʻyicha, 1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980)ni tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov, shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—1981), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—1988). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. Oʻzbekiston televideniyesida „Ortiq Otajonov“ film-konserti yaratilgan. Ortiq Otajonov Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Oʻzbekiston xalq artisti unvonining ilk sohibi. 1991-yil 8-noyabrda Oʻzbekiston xalq artisti unvoni ilk marta Ortiq Otajonovga Islom Karimov tomonidan shaxsan topshirilgan.

Ortiq Otajonov 2019-yil 17-may kuni vafot etdi.

Oilasi Otajonova Chinni Matchonovna - onasi (1927.3-2008.3) Safarboy Otajonov - ukasi, Jahongir Otajonovning otasi. Qoʻzivoy Otajonov - ukasi. Ulugʻbek Otajonov — oʻgʻli. Zokir Otajonov - oʻgʻli Karomat Otajonova — katta qizi. Xosiyat Otajonova - qizi Ali Otajonov — nabirasi. Mardon Otajonov - nabirasi Kamron Otajonov - nabirasi Umrbek Otajonov - nabirasi, Ulugʻbek Otajonovni oʻgʻli Behzod Otajonov - nabirasi Islom Otajonov - nabirasi Nodir Otajonov - nabirasi Jahongir Otajonov — jiyani, ukasi Safarboy Otajonovning oʻgʻli Unvon va mukofotlari Oʻzbekiston xalq artisti Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil);

Manbalar

Turkum:Turkmaniston xalq artistlari Turkum:Qoraqalpogʻiston xalq artistlari Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari