Toshkent Davlat Transport Universiteti — Transport va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.
Tarixi Oʻrta Osiyo temir yoʻl transporti muhandislari instituti sifatida 1931-yilda tashkil etilgan, 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi. Institut tarkibida 5 ft: tashish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, iqtisodiyot, elektromexanika, temir yoʻl qurilishi va sirtqi ftlar, magistratura markazi bor. Institut qoshida litsey faoliyat koʻrsatadi. Institutda 17 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Institut qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik boʻyicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning ilmiy tadqiqotlar ishlarida, loyihakonstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Institutda 27 kafedra, 60 laboratoriya, tayyorlov boʻlimi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 oʻquv yili institutda 4300 dan ortiq talaba oʻqidi. Institut tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis yetkazib berildi. Institut qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bogʻchasi bor. Institut Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxoʻjayev, A. Gofman va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi.
2020-yil 20-may — Toshkent transport muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Aerokosmik texnologiyalar fakulteti negizida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi.
Fakultetlar Qurilish fakulteti Tashishni tashkil etish va trasnport logistikasi Elektromexanika fakulteti Iqtisodiyot fakulteti Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash markazi
Kafedralar Vagonlar va vagon xoʻjaligi Fizika Temir yoʻllar elektr taʼminoti Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi Lokomotivlar va lokomotiv xoʻjaligi Temir yoʻldan foydalanish ishlarini boshqarish Transport logistikasi va servis Temir yoʻl transportida avtomatika va telemexanika Elektr aloqa va radio Hayot faoliyati xavfsizligi Jismoniy tarbiya Informatika va kompyuter grafikasi Quriilish mexanikasi Bino va sanoat inshootlari qurilishi Oliy matematika Temir yoʻl qurilishi, yoʻl va yoʻl xoʻjaligi Koʻpriklar va tonnellar Muhandislik kommunikatsiya va tizimlari Iqtisodiyot va menejment Buxgalteriya hisobi va audit Ijtimoiy-gumanitar fanlar Tillar Temir yoʻl transportida axborot tizimlari
Yoʻnalishlar # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi Test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar nomi Ball15111014Kasb taʼlimi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasiMatematikaFizikaChet tili3.12.11.125620100Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari boʻyicha)MatematikaChet tiliOna tili va adabiyoti3.12.11.135610600Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha)MatematikaFizikaOna tili va adabiyoti3.12.11.145340600Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari boʻyicha)MatematikaFizikaOna tili va adabiyoti3.12.11.155340400Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha)MatematikaFizikaOna tili va adabiyoti3.12.11.165340200Bino va inshootlar qurilishi (turlari boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.175330200Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.185311000Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.195310700Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.1105310600Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.1115310200Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.1125230900Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)MatematikaFizikaChet tili3.12.11.1135230200Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)MatematikaChet tiliOna tili va adabiyoti3.12.11.1145230100Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)MatematikaChet tiliOna tili va adabiyoti3.12.11.1
Mashhur bitiruvchilari
Shuhrat Botir Xoʻjayev Boris Anisimovich Bondarenko Glushchenko Aleksey Danilovich Ochilboy Ramatov Yodgor Nasriddinova Gʻulom Shokirovich Zokirov Minavar Tursunov
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar