Albaniya (rasmiy tarzda: Albaniya Respublikasi (albancha: Republika e Shqipërisë)) – Bolqon yarim orolining janubi-gʻarbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga boʻlinganCounties of Albania . Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni – 28 748 km2 (11,100 sq milya, dunyoda 140-oʻrin) boʻlib, u turli xil iqlim, geologik, gidrologik va morfologik sharoitlarga ega. Alban Alp togʻlari va Korab,Skanderbeg,Pindus va Ceraunian togʻlaridagi qorli qorli togʻlardan tortib Adriatik va Ioniya choʻzilgan unumdor pasttekislik tekisliklarigacha. Tirana – mamlakatning poytaxti va eng katta shahri, undan keyin Durres, Vlorëva Shkoder. Aholisi – 2 771 508 kishi (2025-yil 5-yanvar). Poytaxti Tirana shahri. Albaniya bugungi kunda Yevropada eng katta sanoat davlati hisoblanadi. Albaniya Yevropada eng rivojlangan davlat va geografik oʻrniga ega. Albaniya 2023-yil yakuniga koʻra, dunyo davlatlari orasida iqtisodiy salohiyati eng katta rivojlangan davlatga aylandi. Albaniya togʻli davlat. Aholisi, Albaniya Statistika Institutining 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, 2 793 592 kishi, hududi 28 748 km². Aholi soni boʻyicha dunyoda 139-oʻrinni, hududi boʻyicha 140-oʻrinni egallaydi. Albaniya qisman tan olingan Kosovo Respublikasi va Bosniya va Gersegovina bilan birga Yevropadagi aholisining asosiy qismi musulmonlardan biri hisoblanadi. Asosiy din islom, aholining 64% ga yaqini sunniy musulmonlar hisoblanadi.
Qadimda illiriyaliklar Albaniyaning shimoliy va markaziy hududlarida, janubda esa Epirotlar yashagan. Sohilda bir qancha muhim qadimgi yunon koloniyalari ham tashkil etilgan. Hozirgi Albaniyada joylashgan Illiriya qirolligi Makedoniya yuksalishidan oldin hukmron kuch edi. Miloddan avvalgi II asrda Rim respublikasi bu hududni oʻziga qoʻshib oldi va Rim imperiyasi boʻlinganidan keyin Vizantiya tarkibiga kirdi . Birinchi taniqli Alban avtonom knyazligi Arbanon XII asrda tashkil etilgan. Albaniya Qirolligi , Albaniya Knyazligi va Albaniya Veneta XIII—XV asrlarda mamlakatning turli qismlarida, boshqa alban knyazliklari va siyosiy tuzilmalari qatorida tashkil topgan. XV asr oxirida Albaniya Usmonli imperiyasining bir qismiga aylandi. 1912 yilda zamonaviy Albaniya davlati mustaqilligini eʼlon qildi . 1939 yilda Italiya Albaniya Qirolligiga bostirib kirdi, u Buyuk Albaniyaga aylandi, keyin esa Ikkinchi Jahon urushi paytida fashistlar Germaniyasining protektoratiga aylandi. Urushdan keyin Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi, u 1991-yilgi inqiloblar Albaniyada kommunizmning qulashi va oxir-oqibat hozirgi Albaniya Respublikasining tashkil topishi bilan yakunlandi.
1912 yilda mustaqillikka erishganidan beri Albaniya suveren parlamentli konstitutsiyaviy respublikaga aylanishdan oldin monarxiyadan kommunistik rejimga oʻtib, turli siyosiy evolyutsiyani boshdan kechirdi. Hokimiyatlar boʻlinishiga ustuvor ahamiyat beruvchi konstitutsiya bilan boshqariladigan mamlakatning siyosiy tuzilmasi parlament, tantanali prezident, funktsional bosh vazir va sudlar ierarxiyasini oʻz ichiga oladi. Albaniya rivojlanayotgan mamlakat boʻlib, iqtisodiyoti oʻrta daromaddan yuqori boʻlgan xizmat koʻrsatish sohasiga asoslangan boʻlib, ishlab chiqarish va turizm ham muhim rol oʻynaydi. Kommunistik tuzum parchalanganidan soʻng, mamlakat kommunistik tizimdan oʻzgardi markazlashgan rejalashtirishdan ochiq bozor iqtisodiyotiga oʻtdi. Albaniya fuqarolari umumiy sogʻliqni saqlash xizmatidan foydalanishlari va bepul boshlangʻich va oʻrta taʼlimga ega. Mamlakat Yevropa Ittifoqiga aʼzolikka rasmiy nomzod hisoblanadi.
Davlat tuzumi Albaniya – parlamentli respublika hisoblanadi. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi – 1 palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshligʻi – prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi – hukumat boshligʻi boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – tegishli xalq kengashlariAlbania recognizes independent Kosovo.
Tabiati Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy togʻlardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha boʻlgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular oʻrtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga boʻlinadi. Sohili past-baland dengiz boʻyi tekisligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temirnikel va mis ruda konlari bor. Iqlimi Iqlimi – Oʻrta dengizga xos subtropik; iyulning oʻrtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi. Soy va daryolari togʻli, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari – Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa koʻllarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, togʻlarda qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda Oʻrta dengizga xos oʻsimliklar doimo koʻkarib turadi. Albaniyada 4 milliy bogʻ borAlbansi.
Aholisi Albaniyaning asosiy aholisi – albanlar (salkam 98 %) tashkil etadi. Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – alban tili. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 km2 ga 87 kishi. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari – Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, Elbasan.
Tarixi Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Miloddan avvalgi II asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. 395-yildan 1347-yilgacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qoʻl ostida boʻlgan. 1389-yildan Albaniyani Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. XV asr oʻrtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qoʻzgʻoloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq 1479-yilda uni yana turklar bosib oldi. 1912-yil bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. Oʻsha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram boʻlib qoldi. 1924-yil iyunidagi xalq qoʻzgʻoloni Ahmad Zogu toʻdasini agʻdarib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, oʻzini avvaliga respublika prezidenti, 1928-yil esa qirol deb eʼlon qildiAlbanien will in die EU. Uning davrida Albaniya amadda Italiya mustamlakasiga 299 aylandi. 1939-yilda fashistlar Italiyasi, 1943-1944 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya 1944-yil 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. 1946-yil 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1976-yil 28-dekabrdan 1991-yil maygacha – Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi. Albaniya 1955-yildan – BMT aʼzosi. Albaniya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda oʻrnatilgan. Milliy bayrami – 28-noyabr – Bayroq kuni (1912)Seliщev A. M., Slavyanskoe naselenie v Albanii, Sofiya, 1931.
Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari Albaniya sotsialistik partiyasi, 1941-yilda tuzilgan, 1948-yilgacha Albaniya Kompartiyasi, 1991-yilgacha Albaniya mehnat partiyasi deb atalgan. Hozirgi nomi 1991-yil 12-iyunda qabul qilingan; Albaniya demokratik partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Albaniya agrar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya respublikachilar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya sotsial-demokratik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, 1992-yil tuzilgan; Albaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Albaniya mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi, 1991-yilda tuzilganState.gov, Freedom of Religion 2007.
Xoʻjaligi Albaniya mustaqil boʻlgach, xoʻjalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. Albaniya milliy daromadining 46 % sanoatda, 33 % qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi.
Sanoati Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yogʻochsozlik tarmoqlarining salmogʻi katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 yilda 1 mln. tonna – Gʻarbiy Yevropada 1-oʻrin), temirnikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yogʻ-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda – asosan toʻqimachilik tarmogʻi mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yogʻochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiyeri, Korcha, Shkoder.
Qishloq xoʻjaligi Asosiy tarmogʻi – dehqonchilik hisoblanadi. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlakat hududining deyarli 20 %). 230 ming ga ga yaqini sugʻoriladi. Makkajoʻxori va bugʻdoy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus oʻsimliklari oʻstirish rivojlangan. Chorvachiliqda qoʻychilik va echkichilik ustunlik qiladi.
Transporti thumb|Bunker Transportningasosiy turi – avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65 % ni tashkil etadi). Durres – Tirana, Durres – Elbasan va boshqa yoʻnalishdagi temir yoʻllar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti – Tirana (Rinas).
Tashqi savdosi Chetga asosan, xromitlar, temirnikel, mis rudalari, neft, bitum, yogʻoch-taxta, charm, zaytun yogʻi, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, doridarmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: Italiya, Yunoniston, Turkiya, Olmoniya. Pul birligi – lek.
Tibbiy xizmati Albaniyada 10 mingdan ortiqoʻrinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor toʻgʻri keladi. Shifokorlarni Tirana universitetining tibbiyot fakulteti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor.
Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Xalq taʼlimi tizimi 1969-yilda joriy etilgan boʻlib, u maktabgacha muassasalar, 8 yillik umumiy majburiy, 4 yillik oʻrta (hunar yoki umumiy) va 3-4 yillik oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 universitet bor. Fanlar akademiyasi 1973-yil tashkil etilgan. Milliy kutubxona va universitet kutubxonasi, arxeologiya, etnografik muzeyi va boshqalari borZickel, Iwaskiw, 1994.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Albaniyada „Zeri i popullit“ 300(„Xalq ovozi“, 1942-yildan) „Mesuyesi“ („Muallim“, 1961-yildan), „Bashkimi kom-betar“ („Milliy birlik“, 1943-yildan), „Kombi“ („Millat“, 1991-yildan), „Drita“ („Hyp“, 1960-yildan), „Koxa Ione“ („Vaqtimiz“, 1991-yildan) va boshqa gazetalar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi 1944-yil tashkil etilgan. „Albaniya radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi“ davlat tashkiloti mavjud. Radioeshittirish – 1944-yildan, telekoʻrsatuv – 1961-yildan ishlaydi.
Adabiyoti