Antinatalizm (yun. ἀντί - "qarshi", lot. natalis — "tugʻish") falsafiy qarash boʻlib, yangi avlod koʻrishni qoralaydi. U Sofokl, Arthur Schopenhauer, Heinrich Heine, Mark Twain, Emil Cioran, Peter Wessel Zapffe, Philipp Mainländer, Gustave Flaubert, Philip Larkin, Chris Korda, Les U. Knight, David Benatar, Matti Häyry, Thomas Ligotti va Richard Stallman kabi shaxslar tomonidan ilgari surilgan.
Tarafdor argumentlar
Antinatalizm tarafdorlari bunday siyosat orqali seraholilik va undan kelib chiquvchi ocharchilikBRIAN E. DIXON (28. April 2008): In food crisis, family planning helps hamda energetik resurslar kamayishiMeadows, Donella (1993): Die neuen Grenzen des Wachstums: die Lage der Menschheit: Bedrohung und Zukunftschancen. Stuttgart: Dt. Verl.-Anst. </ref> muammolarini yechish mumkin, deb taʼkidlashadi. Oilalardagi bolalar sonini kamaytirishga qaratilgan siyosat Hindiston,<ref>Heinz Werner Wessler (30. Januar 2007): Indien – eine Einführung: Herausforderungen für die aufstrebende asiatische Großmacht im 21. Jahrhundert. Bundeszentrale für politische Bildung Xitoy kabi baʼzi davlatlar tomonidan allaqachon yuritilmoqda. Oʻzbekistonda ham bolalar sonini cheklashga qaratilgan qonunlar mavjud (masalan, ikkinchi va undan keyingi bola uchun tayinlangan soliq).
Boshqa tarafdorlar masalaning maʼnaviy tomoniga eʼtibor qaratishadi. Jumladan, David Benatarning fikricha, har qanday zarar yetkazish maʼnan notoʻgʻri amal boʻlib, qoralanadi va taqiqlanadi, demak koʻpayish ham xuddi shunday tarzda taqiqlanishi kerak, chunki yangi odamni tugʻish oʻsha odamga anchagina zarar va muammolarni keltirib chiqaradi.
Qarshi argumentlar
Antinatalizm tanqidining katta qismi dinlar, xususan katta oilalar qurishni qoʻllab-quvvatlovchi ibrohimiy dinlar tomonidandir. Bundan tashqari, baʼzi ota-onalar oʻz kelajaklari haqida qaygʻurib, qarib-qartayganlarida yonlarida yordamchi boʻlishini istab, bola orttiradilar (bu egoistik hisoblanib, qatʼiy qoralanadi).
Rossiya, Avstraliya, Fransiya, Italiya, Olmoniya, Polsha va Yaponiya kabi davlatlar aholisizlanish muammosini hal qilish uchun koʻp farzand koʻrishni ragʻbatlantiradi.
Iqtiboslar
Sofokl oʻzining Edip Kolonda asarida yozadi:
Hayotining soʻnggi sakkiz yilini falaj, qisman soʻqir va toʻshakka mixlanib oʻtkazgan Heine yozadi:
Flaubert aytadi:
Schopenhauer oʻzining Olam azoblari haqida inshosida antinatalizmni shunday yoritadi:
Zapffe 1990-yili chiqqan hujjatli filmda aytadi:
Shuningdek VHEMT Pessimizm
Manbalar