thumb|Pielinen
Finlandiya yoki Finlyandiya ( ; ;), Finlyandiya Respublikasi (fincha: Suomen Tasavalta : Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni — 338 145 ming km². Aholisi — 5 608 218 kishi (2024). Poytaxti — Xelsinki shahri; Tampere esa ikkinchi yirik shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 ta lyani (guberniya)ga boʻlinadi. 1981-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Xelsinki — Finlyandiyaning eng rivojlangan shaharlaridan biri hisoblanadi. Rossiya shimolda Norvegiya, gʻarbda Shvetsiya bilan chegaradosh. Janubidagi eng yaqin qoʻshni davlat Estoniya Finlyandiya ko'rfazining janubida joylashgan.
Asosiy maʼlumotlar Finlyandiyaning poytaxti va eng yirik shahri — Xelsinki .
Finlyandiya, 2023-yil 1-mart holatiga koʻra, aholi nisbatan kam yashaydigan mamlakat boʻlib, aholisi 5,568,637 kishi boʻlib, asosan mamlakatning janubiy va markaziy qismlarida toʻplangan. Finlyandiya Konstitutsiyasi fin va shved tillarini milliy tillarsifatida belgilaydi . 2022-yil oxirida fin tilida soʻzlashuvchilar aholining 85,9 foizini (4 778 891 kishi), shved tilida soʻzlashuvchilar aholining 5,2 foizini (287 052 kishi) va sami tilida soʻzlashuvchilar aholining 0,04 foizini (2 035 kishi) tashkil etdi . Boshqa tillarda soʻzlashuvchilar aholining 8,9 foizini (495 992 kishi) tashkil qiladi .
parlament respublikasi . 2023 yil 20 iyunda Petteri Orpo Bosh vazir etib tayinlandi . 2024-yil 1 martdan boshlab prezidentlik lavozimini 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan Aleksandr Stubb egallab kelmoqda.
1917-yil 6-dekabrdan buyon mustaqil davlat (2017-yilda davlat mustaqilligining 100 yilliginishonlandi). Finlyandiya Shimoliy Pasport Ittifoqi (1952 yildan), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (1955 yildan), Shimoliy Kengash(1956 yildan), Yevropa Ittifoqi (1995 yildan), Shengen kelishuvi (1996 yildan) va NATO(2023-yildan) aʼzosi).
Finlyandiya BMT tomonidan eʼlon qilingan 2018 yildagi baxtiyorlik hisobotida birinchi oʻrinni egalladi . Keyingi toʻrt yil ichida Finlyandiya ham dunyodagi eng baxtli davlat sifatida tan olindi . 2010 yilda mamlakat Newsweek jurnali maʼlumotlariga koʻra „ Dunyoning eng yaxshi davlatlari“ roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va gender tengligi reytingida uchinchi oʻrinni egalladi . 2011 yildan 2014 yilgacha Amerika Tinchlik Jamgʻarmasi Finlyandiyani „dunyodagi eng barqaror davlat“ deb baholadi .
Davlat tuzumi Finlyandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.
Tabiati Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltiq dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksariyat qismi dengiz sathidan 100–200 m pastda qoluvchi tekisliklar. Markaziy qismida koʻllar atrofi hamda shimoliy va sharqiy tepaliklarida qirlar bor. Shimoli-gʻarbida esa Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻtadil, shimolida kontinental iqlim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fevralda —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600–700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, Kokemyaen Yoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, janubidagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproqlarda aralash oʻrmonlar, shimolida togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, Pallas Ounastunturi, Oulanka va boshqa Finlyandiyada 18ta qoʻriqxona bor.
Aholisi thumb|Lappeenranta Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Janubiy va gʻarbiy rayonlarda shvedlar, shimolida saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Xelsinki, Tampere, Turku, Espo.
Tarixi Miloddan avvalgi 3—2-ming yilliklarda Finlyandiya hududida hozirgi saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1 ming yillik boshlarida bu yerga Boltiq, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. XII-XIII asrlarda Finlyandiya hududini shvedlar istilo qila boshladi. XIX asr boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808—1809-yillardagi Rossiya-Shvetsiya urushidan soʻng Finlyandiya hududi Buyuk Finlyandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. Finlyandiyani Rossiya podshosi tayinlagan general gubernator (1816-yildan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. XIX srning XX yillaridan Finlyandiyada iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860-yildan uz puli joriy etildi. XIX asrning 2-yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-yillarning oʻrtalarida podsho hukumatining Finlyandiya muxtoriyati huquqlariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916-yili parlament saylovida Finlyandiya sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917-yil 6 (19) dekabrda Finlyandiya seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919-yil Finlyandiya respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. Finlyandiyaga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939—1940-yil „qishki urush“da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, Finlyandiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Olmoniyasi tomonida boʻldi. 1944-yil urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Finlyandiya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1992-yil 26-fevralda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6-dekabr — Mustaqillik kuni (1917).
Asosiy siyosiy partiyalari va birlashmalari, kasaba uyushmalari Finlyandiya soʻl ittifoqi, Finlyandiya kompartiyasi (1918-yil tuzilgan) bilan Finlyandiya xalqi demokratik ittifoqi (1944-yil tuzilgan)ning qoʻshilishi natijasida 1989-yil tashkil etilgan; Liberal xalq partiyasi, 1965-yil tuzilgan; Milliy koalitsion partiya, 1918-yil asos solingan; Finlyandiya qishloq partiyasi, 1959-yil tashkil etilgan; Finlyandiya sotsial demokratik partiyasi, 1899-yil tuzilgan; Koʻkatparvarlar ittifoqi, 1987-yil asos solingan; Finlyandiya Markazi, 1906-yil tashkil etilgan; Finlyandiya Xristian demokratik partiyasi (1958-yil Finlyandiya Xristian ittifoqi nomi bilan tashkil etilgan, 2001-yildan hozirgi nomda); Shved xalq partiyasi, 1906-yil tuzilgan. Finlyandiya kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1907-yilda tashkil etilib, turli nomlar bilan yuritilgan, 1969-yildan qoz. nomda.
Xoʻjaligi Finlyandiya —yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%.
Sanoati Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbob uskunalar ishlab chiqarish, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner ishlab chiqarish), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. Finlyandiyaning yoqilgʻi energetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va boshqa qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna shaharlaridagi metallurgiya zavodlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori shaharlarida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi zavodda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va boshqa ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida fermerlik tipidagi mayda va oʻrta yer egaligi ustun. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 8%ini tashkil qiladi. Sut-goʻsht chorvachiligi — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, yem uchun javdar, arpa, suli, texnika ekinlaridan qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, pichanbop oʻt ekiladi. Parrandachilik (norka, kulrang tulki, shimoliy tulkisi), bugʻuchilik, baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining qadimiy tarmogʻi. Finlyandiyada 18 mln. gektardan ortiq oʻrmon bor, yiliga 50—55 mln. m³ yogʻoch kesiladi.
Transport Transportida temir yoʻl uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Xelsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyuloza qogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan xom-ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va boshqa oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi.
Tibbiy xizmati Vrachlar Xelsinki, Turku va Oulu universitetlarining tibbiyot tillarida, tibbiy hamshiralar tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Xelsinkida veterinariya kolleji bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari