Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jyul Gabriel Vern; 8-fevral 1828 — 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi boʻlib, ilmiy fantastika asoschilaridan biri hisoblanadi."Jules Verne". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008. Uning eng mashhur asarlari sirasiga Suv ostida 80000 kilometr (1870), Yer markaziga sayohat (1864) hamda Yer boʻylab sakson kun (1873) romanlari kiradi. U 66 ta sarguzasht janridagi romanlar muallifidir . Birinchi sarguzasht romani esa „Havo sharida besh hafta“ deb nomlanadi. Uning koʻpgina mashhur asarlari, shu jumladan, „Oʻn besh yoshli kapitan“, "Kapitan Grat bolalari], „Robinzonlar maktabi“ kabilar oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Verne koinot, havo va suvosti sayohatlari haqida ular amalda qoʻllanmasidan avval yozgan. Yozgan kitoblari koʻp tillarga tarjima qilingan, ekranlashtirilgan. Verne Hugo Gernsback va H. G. Wells bilan birgalikda „Ilmiy taxayyulot otasi“, deb hisoblanadi.Adam Charles Roberts (2000), „The History of Science Fiction“: Page 48 in Science Fiction, Routledge, .
Manbalar
Havolalar „Antifer togʻaning sarguzashtlari“ romani Ziyouz kutubxonasida „Suv ostida 80000 km“ romani Ziyouz kutubxonasida "Oʻn besh yoshli kapitan " romani Ziyouz kutubxonasida
Turkum:Adiblar