Javohir Jamshidovich Zokirov (1972-yil 9-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli aktyor, rejissyor va xonanda. Zokirovlar sulolasi vakili. Mashhur oʻzbek pop-rok guruhi „Bolalar“ning asoschilaridan biri. 2022-yilgi izlanishlarga koʻra, Oʻzbekistondagi eng qimmat gonorar oluvchi aktyor (kuniga 500 AQSh dollari). Ilk professional rolini „Tsarapina“ filmida ijro etgan. „Sotqin“, „Baron“, „Avloniy“ kabi filmlar, „Mendirman Jaloliddin“ serialidagi rollari bilan omma orasida shuhrat qozongan.
Yoshligi Javohir Zokirov 1972-yilning 9-noyabr sanasida Toshkent shahrida, Zokirovlar sulolasi aʼzolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov va Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar xonadonida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand. Bezori bola boʻlgani uchun maktabdan haydalgan. Bolalar guruhi asoschilardan hisoblangan Bahodir Po‘latov va Tohir Sodiqov bilan doʻst boʻlgan. Keyinchalik, uchalasi birgalikda guruhga asos solishadi. Taʼlimi Boshlangʻich taʼlimni Olmazor tumanida joylashgan 46-maktabda, soʻngra bolalik uyi yaqinida joylashgan maktabda oʻqigan. 1990—1994-yillarda Moskva davlat kinematografiya institutida tahsil olgan. Faoliyati Ilk davrlar BBC nashri bilan intervyuda 1980-yilda suratga olingan Zavtra viydyosh? () filmida ilk marotaba koʻrinish berganini taʼkidlagan. Ilk professional rolini „Tsarapina“ filmida ijro etgan. Bolalar guruhining 1989-yili yozilgan eng birinchi — guruhning „Esingdami seni?“ nomli eng mashhur musiqalaridan biri joy olgan — albomi chiqarilgandan soʻng, Javohir Zokirov guruhni tark etib, Rossiyaga oʻqishga joʻnab ketadi. Keyingi yillar Aktyor 1996-yildan beri muntazam ravishda katta ekranlarda koʻrinish berib kelmoqda. Keyinchalik, „Katta urushdagi kichik odam“ (1989-yil; Shuhrat Abbosov filmi), „To‘ylar muborak 2“, „Bo Ba Bu“ (1998-yil; Ali Hamroyev filmi), „Voiz“ (1998-yil; Yusuf Roziqov filmi), „Tohir va Zuhra“, „Buyuk Amir Temur“ (1996-yil), „Ko‘rgulik“ va yana bir qator filmlarda bir necha rollar ijro etgan. Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlagan. TV Markaz xususiy kanali uchun avtorlik dasturlari tayyorlash bilan shugʻullangan. BBCning „Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda“ loyihasi uchun musiqalar yozgan.
Shaxsiy hayoti Taniqli oʻzbek adibi Gʻofur Gʻulomning avlodi Shahrizod Gʻulom (Gʻulomova) bilan turmush qurgan. Uch nafar — ikki oʻgʻil va bir qiz farzandi bor. Zokirov Jahongir Otajonovning musiqalarini sevib tinglaydi. Qarindoshlari Bobosi — Karim Zokirov, sovet qoʻshiqchisi, Zokirovlar sulolasining asoschisi; Buvisi — Shoista Saidova (1920—2000), xonanda, xalq qoʻshiqlari ijrochisi. Otasi — Jamshid Zokirov (1948—2012), sovet va oʻzbek teatr va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Onasi — Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova; Amakisi — O‘zbekiston SSR xalq artisti Botir Zokirov; Amakisi — Yalla vokal-instrumental ansambli rahbari Farrux Zokirov; Singlisi — sanʼatshunos Ohista Zokirova Qarindosh opasi — Nargiz Zokirova.
Filmografiyasi + Film va seriallardagi rollari. Sana Nom Rol Manba 1986-yil Tsarapina Rustam 1989-yil Katta urushdagi kichik odam Safoning doʻsti 1996-yil Buyuk Amir Temur kichik rol 1998-yil Bo Ba Bu Bu (bosh rol) 1999-yil Voiz bolshevik (bosh rol) 2004-yil Chudnaya dolina loʻli 2005-yil Chastniy detektiv Rinat Galiulin 2006-yil Haqiqiy erkaklar ovi Marat (narkokuryer) 2006-yil Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi kichik rol 2007-yil Zabarjad Zafarbek 2007-yil Panoh kichik rol 2009-yil Sled Salamandri kichik rol 2011-yil Sem mayskix dney Xasan (banda boshligʻi; bosh rol) 2012—2014 A u nas vo dvore... Anvar 2015-yil Sotqin Sarvar Bahromovning akasi 2015-yil Pobeg iz Moskavabada Xasan 2016-yil Baron kichik rol 2017-yil Nazira Xamdam 2018-yil Mehmonxona 2 Jamshid 2018-yil Zolotaya Orda Azar 2020-yil Kartonnaya pristan tojik 2021-yil Mendirman Jaloliddin Chingizxon 2022-yil Igra na vijivaniye 2 Yusuf 2023-yil Spasti yedinstvennogo sina Aliyev 2023-yilHukmdor UsmonGörklü Han Diskografiyasi + Ijro etgan ashulalari roʻyxati Sana Qoʻshiq nomi Manba 03.06.2015 Chyornaya toska 03.06.2015 Devushka-kuvshin 03.06.2015 Dog 03.06.2015 Donoman 03.06.2015 Dvorik 03.06.2015 Ekolot 03.06.2015 Erkalab sev 03.06.2015 Gde ti 03.06.2015 Habiba 03.06.2015 Kel 03.06.2015 Kerak emas 03.06.2015 Luna 03.06.2015 Lunolikaya 03.06.2015 Mustafa 03.06.2015 Oy nurlari 03.06.2015 Stariy dvorik 03.06.2015 Tigr 07.04.2016 Yil 07.04.2016 Raʼno 03.05.2016 Zarb 03.05.2016 Dilbarim
Manbalar
Havolalar
Rizanovadagi profili Javohir Zokirov Instagramda
Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar