Taylor Alison Swift (; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib, Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.

Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.

Hayoti thumb|Swiftning bolaligi oʻtgan uy.

Taylor Alison Swift 1989-yil 13-dekabrda AQShning Pennsilvaniya shtatidagi West Reading shahrida tavallud topgan. Otasi Scott Kingsley Swift birja brokeri sifatida „Merrill Lynch“ shirkatida ishlagan. Onasi Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay) marketing boʻyicha menejer boʻlgan. Ota-onasi unga qoʻshiqchi James Taylor sharafiga „Taylor“ deb ism qoʻyishgan . Taylorning Austin ismli ukasi ham bor. Taylor kelib chiqishiga koʻra shotland, olmon va italyan millatiga mansub ajdodlarga ega.

Yutuqlari

thumb|upright|Swift „Reputation Stadium“ konsert safari davomida (2018).

Swift 12 karra Grammy, 1 karra Emmy, 40 karra American Music Award, 39 karra Billboard Music Award, 23 karra MTV Video Music Award, 12 karra Country Music Association Award, 8 karra Academy of Country Music Award hamda 2 karra Brit sovrindoridir. Shuningdek, 118 marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan. Qoʻshiqnavis oʻlaroq Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-yilda Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 100 eng yaxshi qoʻshiqnavis“ roʻyxatidan oʻrin olgan . 2016-yilda BMI taqdirlash marosimida „Taylor Swift“ mukofoti sovrindori boʻlgan va oʻzining ismi bilan atalgan mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayolga aylangan.

Diskografiyasi

Taylor Swift (2006) Fearless (2008) Speak Now (2010) Red (2012) 1989 (2014) Reputation (2017) Lover (2019) Folklore (2020) Evermore (2020) Midnights (2022) The Tortured Poets Department (2024)

Turnelari right|thumb|200px|Taylor Swift „Speak Now“ turnesida (Sidney, Avstraliya, 2012-yil 9-mart).

Fearless Tour (2009–2010) Speak Now World Tour (2011–2012) The Red Tour (2013–2014) The 1989 World Tour (2015) Reputation Stadium Tour (2018) The Eras Tour (2023–2024)

Filmografiyasi Filmlar YilNomRol2009Jonas Brothers: The 3D Concert ExperienceOʻziHannah Montana: The Movie2010Valentine's DayFelicia Miller2012The LoraxAudrey2014The GiverRosemary2015The 1989 World Tour LiveOʻzi2018Taylor Swift: Reputation Stadium Tour2019BluebirdCatsBombalurina2020Miss AmericanaOʻziTaylor Swift: City of LoverFolklore: The Long Pond Studio Sessions2021All Too Well: The Short FilmOʻzi2022AmsterdamLiz Meekins2023Taylor Swift: The Eras TourOʻzi

Televideniye NomYilRolGood Morning America2006; 2008; 2012; 2014; 2019–2021OʻziOnce Upon a Prom20082008 MTV Video Music Awards2008CMT Crossroads2008The Ellen DeGeneres Show2008–2012; 2014; 2019CSI: Crime Scene Investigation2009Haley Jones2009 MTV Movie AwardsMaktab oʻquvchisiLate Night with Jimmy FallonOʻziSaturday Night LiveJourney to Fearless2010Take Two with Phineas and Ferb20112011 CMT Music AwardsPunk’d201220/20VH1 StorytellersThe Jonathan Ross ShowThe GRAMMY Nominations Concert Live60 Minutes2012–2013Alan Carr: Chatty Man2012; 2014New Girl2013ElaineCBS This Morning2013–2014OʻziThe Voice2013–2014; 2019Saturday Night Live2014; 2017; 2019; 2021; 2023Late Night With Seth Meyers2014; 2021The View2014The Talk2014Jimmy Kimmel Live!2014; 2020Barbara Walters' 10 Most Fascinating People2014The Graham Norton Show2013–2014; 2019; 2022The Tonight Show Starring Jimmy Fallon2014–2015; 2019; 2021–2022Saturday Night Live 40th Anniversary Special2015Oʻzi/AlisonThe Tonight Show Starring Jimmy Fallon2017Oʻzi2019 NFL Draft2019CBS News Sunday MorningKids Say the Darndest ThingsStrictly Come DancingThe Today ShowThe Late Late Show with James CordenOne World: Together at Home2020Dear Class of 2020Selena + ChefThe Late Show with Stephen ColbertImpact x Nightline20222023Dancing with the Stars

Manbalar

Havolalar

(inglizcha)

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Musiqachilar Turkum:Emmy Award gʻoliblari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik rok-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Republic Records ijrochilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar