Dortmund — Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida, Emsher daryosi va Dortmund—Ems kanali boʻyidagi port. Aholisi 580 956 kishi (2011). Germaniyaning yirik sanoat, ayniqsa qora metallurgiya sanoati markazlaridan biri. Transport yoʻllari tuguni, Rur sanoat rnining sharqiy "darvozasi". Ogir mashinasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Dortmundda yirik banklar, savdo va sanoat firmalari joylashgan. Ulgurji savdo markazi. Universitet, ilmiy tadqiqot intlari, teatr va boshqalar bor. Dortmund yozma manbalarda dastlab 885 yildan Trotmanniya nomi bilan tilga olingan. XII asrda shahar huquqini olgan. 12—15 asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Geografiyasi Hududi Dortmundning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari