Qaragʻandi () — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (XIX asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.
Aholisi Aholisi boʻyicha qaragʻandi viloyatida birinchi oʻrinni egallaydi — 475 267 kishi. (2012) Qozogʻiston boʻyicha 4 oʻrinni egallaydi (Olmota, Ostona va Chimkentdan shaharlaridan keyin). Shahar aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 214 969 kishi (50,57 %) qozoqlar — 171 038 kishi (36,25 %) ukrainlar — 22 631 kishi (4,80 %) olmonlar — 15 608 kishi (3,31 %) tatarlar — 14 395 kishi (3,05 %) koreyslar — 7 423 kishi (1,57 %) beloruslar — 5 484 kishi (1,16 %) polyaklar — 2 535 kishi (0,54 %) chechenlar — 2 127 kishi (0,45 %) ozarbayjonlar — 1 502 kishi (0,32 %) boshqurtlar — 1 404 kishi (0,30 %) mordvalar — 1 029 kishi (0,22 %) oʻzbeklar — 1 028 kishi (0,22 %) moldavanlar — 809 kishi (0,17 %) chuvashlar — 714 kishi (0,15 %) litvalar — 615 kishi (0,13 %) yunonlar — 531 kishi (0,11 %) boshqalar — 7 933 kishi (1,68 %) Umumiy — 471 784 kishi (100,00 %)
Demografiya 2006-yilgi hisobot boʻyicha aholining 1000 kishiga umumiy koeffisientlari: tugʻulish — 16,85 oʻlim — 13,89 tabiiy oʻsish — 2,96
Korxonalari Shaharda 01.01.07 yilgi 10371 tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 92 katta, 397 oʻrta, 9882 kichik sub’ektlardir. Asosiy iqtisodi: energetika; oziq ovqat korxonasi. Shaharning asosiy korxonalari: „Qaragʻandi-Jariq“ MChB, „Qaragʻandi Margarin zavodi“ AJ, „EFES Qaragʻandi pivo zavodi“ AJ HT, „Qaragʻandi konfeti“ AJ, Qaragʻandi metallokonstruktsiya zavodi „Imstal’kon“ AJ filiali, „Qaragʻandi Jilu“ MCHB. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari: Elektr energiyasi; issiqlik energiyasi; margarin mahsuloti; pivo; konfetlar.
Qishloq xoʻjaligi Qaragʻandi hududida qishloq xoʻjaligi hosil olish uchun 10,3 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydaniladi, shu jumladan 3,0 ming gektari — ekinzorlar. 2006-yilgi bugʻdoyga 2,9-ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydalandi, uning 0,1-ming getarini sholi oʻsimliklari, 1,3-minh gektarini kartochka, 0,5-ming gektarini koʻkatlar oladi. 2006-yili 0,1-ming tonna sholi oʻsimliklar, 23,5-ming tonna kartochka, 12,5-ming tonna koʻkatlar, 0,7-ming ttonna goʻsht (tiriklay hisobda), 3,5-ming tonna sut; 1991,0-ming ta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda Buqa va sigirlar soni 3,0-ming ta; qoʻy va echki — 1,1-ming ta; choʻchqa — 2,4-ming ta; yilqi — 0,1-ming ta; qush — 22,8-ming tani tashkil qildi.*
Ijtimoiy soha Shaharda 2006/2007 oʻquv yili boʻyicha 103 kunduzgi umumiy bilim dargohi faoliyat yuritadi, unda 62917-oʻquvchi oʻqiydi, 18 kolledjda — 23427-oʻquvchi, 11 kasb-hunar oʻquv joyida — 4567 oʻquvchi, 12 oliy oʻquv yurtlarda — 56222 student oʻqiydi. 26 kutubxona, 9 klubga oʻxshash mahkama, 4 madaniyat va hordiq chiqarish parki, • 3 teatr, 2 muzey, 1 kontsert zali, 1 xayvonotlar bogʻi ish yuritadi.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shaharlari