Qaragʻandi viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 117,9 ming km2. Aholisi 1,353,804 kishi (2011). Shahar aholisi 85%. Viloyat 9 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 6 shahar va 15 shaharcha bor. Markazi — Qaragʻandi shahri. Viloyat respublikaning markaziy qismida, Balxash koʻlining shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoliy tarafidan Aqmola, Pavlodar, sharqiy tomonidan Sharqiy Qozogʻiston, janubida Qiziloʻrda, Janubiy Qozogʻiston, Jambul, gʻarbiy tomonida Aqtoʻbe, Qoʻstanoy viloyatlari bilan chegaradosh.
Tabiati Katta qismini Qozogʻiston past togʻlari (balandligi 300–1000 m) egallagan. Past togʻlar janubda Betpaqdala choʻliga (balandligi 300–400 m), gʻarbda esa Turon tekisligiga qoʻshilib ketgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda 20,1 °C va janubda 25,1 °C, yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —16,7 °C, janubda —13 °C. Yillik yogʻin shimolda 100–280 mm. Vegetatsiya davri 160 — 200 qun.
Ichki suvlari, tuproqlari va hayvonlari Yirik daryolari — Sarisuv va Nura. Shoʻr koʻl koʻp. Yer osti chuchuk suvlaridan keng foydalaniladi. Viloyatning shimoliy qismi kashtan tuproqli boʻlib, boshoqli oʻtlar — shuvoq choʻllari bilan band. Janubiy roqda shoʻrlangan och kashtan va qoʻngʻir tuproqlarda siyrak chala choʻl va choʻl shuvoqshoʻra oʻsimliklari oʻsadi; qumli joylarda boshoqli oʻtlardan shuvoq, shuningdek buta oʻsimliklari, choʻl oʻsimliklari bilan birga qaragʻay, qayin, togʻterak, tol oʻsadi. Chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar va yirtqichlar, saygʻoq, arxar, jayron, yelik yashaydi, tuvaloq va boshqalar qushlar uchraydi. Daryo va koʻl qirgʻoqlarida suv parrandalari, qamishzorlarda qobon, ondatra yashaydi. Balxash koʻlida baliq koʻp.
Aholisi Qaragʻandi viloyatida 1 353 804 (2011) kishi istiqomat qilishadi. Soʻnggi vaqtlarda bu viloyatda slovyan xalqlari kamayib borayapti, unga asosiy sabablardan biri ularning Rossiyaga koʻchib ketishi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan qarang.
Milliy tarkibi +Viloyat aholisining milliy tarkibi(ushbu jadvalda)Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv : Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda: Soni 1989-yilgiV sovremennix granitsax Karagandinskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Djezkazganskuyu oblast i chast bivshey Tselinogradskoy oblasti % Soni 1999-yilgi % Soni 2010-yilgi % umumiy 1745448 100,00 % 1410218 100,00 % 1352037 100,00 % Qozoqlar 449837 25,77 % 529478 37,55 % 604063 44,68 % Ruslar 817900 46,86 % 614416 43,57 % 529555 39,17 % Ukrainlar 128547 7,36 % 78755 5,58 % 61606 4,56 % Olmonlar 159208 9,12 % 57229 4,06 % 39582 2,93 % Tatarlar 52769 3,02 % 39313 2,79 % 34215 2,53 % Beloruslar 35731 2,05 % 21579 1,53 % 16566 1,23 % Koreyslar 14672 0,84 % 14097 1,00 % 13544 1,00 % Chechenlar 5997 0,34 % 4660 0,33 % 5585 0,41 % Polyaklar 7239 0,41 % 5572 0,40 % 4659 0,34 % Ozarbayjonlar 4787 0,27 % 3667 0,26 % 4288 0,32 % Moldavanlar 5401 0,31 % 3428 0,24 % 3032 0,22 % Mordvalar 6665 0,38 % 4097 0,29 % 2788 0,21 % Oʻzbeklar 4478 0,26 % 2325 0,16 % 2699 0,20 % Chuvashlar 5188 0,30 % 3091 0,22 % 2377 0,18 % Yunonlar 3660 0,21 % 2408 0,17 % 2160 0,16 % Litvalar 3687 0,21 % 2474 0,18 % 2082 0,15 % boshqalar 39682 2,27 % 23629 1,68 % 18471 1,37 %
Milliy madaniyat markazlari Qaragʻandi viloyati boʻyicha 55-ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yurutadi. 20-ta markazda kechki maktablar ishlaydi. Har bir maktabda oʻqiydiganlarning oʻrtacha soni 25 kishini tashkil qiladi.
Hududiy boʻlinishi
shahar va tumanlar aholi soni(2007 y) hududi(km kv.) markazitashkil topgan yili-Qaragʻandi 453 400 543 - 1934 Temirtov 171 900 300 - 1945 Balxash 73 700 5 900 - 1937 Saran 50 700 174 - 1954 Shaxtinsk 56 600 200 - 1961 Priozersk 12 800 54 - 1956 Abay tumani54 700 6 500 Abay 1997(1973) Buxar jirau tumani 60 70014 600Boʻtaqara 1938 Aqtoʻgʻay tumani18 900 52 000 Aqtoʻgʻay 1928 Shet tumani46 500 65 700 Aqsu-Ayuli 1928 Nura tumani30 600 46 300 Kievka 1928 Osakarov tumani36 800 11 200 Osakarovka 1940 Qarqarali tumani42 500 35 500 Qarqarali 1930
Ijtimoiy soha Temir yoʻl uzunligi 581 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 2100 km. Balxash koʻlida muntazam kema qatnaydi. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, politexnika, tibbiyot, kooperativ, jismoniy tarbiya institutlari) bor. 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida, asosan, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, gʻallachilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Dashtning shimolida lalmikor gʻallachilik bilan birga qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik va mayin junli qoʻychilik, chala choʻl va choʻllarda yaylov chorvachiligi bilan birga sugʻorib dehqonchilik (sabzavot, poliz) qilinadi. Ekin maydonlariga gʻalla (bahori bugʻdoy), arpa, ozuqa ekinlari ekiladi. Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, yilqi, choʻchqa, parranda boqiladi. Balxash koʻlidan baliq ovlanadi; choʻl va togʻlarda ovchilik qilinadi.
Sanoati Asosiy sanoat tarmoqlari: koʻmir va rangli metallurgiya (mis, molibden rudasini qazib olish). Shuningdek, temir va marganets rudalarini qazib olish rivojlangan. Qora metallurgiya mahalliy ruda asosida ishlaydi. Ogʻir mashinasozlik (jumladan, koʻmir sanoati uchun mashinalar), qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohaktosh) ishlab chiqarish, kimyo, yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal) va oziq-ovqat (goʻsht, moysir va sut, un, qandolat mahsulotlari va boshqalar) sanoat tarmoqlari rivojlangan. Qaragʻanda metallurgiya kombinati, konshaxta jihozlari, mashinasozlik, sintetik kauchuk, metall konstruksiyalari zavodlari, Saran, Abay, Shaxtinsk, Jezqazgʻan konmetallurgiya kombinatlari, mis eritish va taʼmirlashmexanika zavodlari, Balxashda toshkoʻmir sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. Oqtovda sement zavodi, Aqchatov, Oqjal, Qayraqti, Qaragʻaylida polimetall rudalarini boyitish kombinatlari va konlari mavjud.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston viloyatlari