Aris — (qoz. Aris) Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar. Shahar aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 41,586 kishini tashkil qildi.

Aris shahri tuzulishining xronogiik tartibi

1900-yili temir yoʻl qurulishi boshlandi; 1904-yili Aris stansiyasi quruldi; 1928-yili 17-yanvarda Aris tumani tashkil topdi; 1932-yili 11-martda Arisga ishchi poselkasi maqomi berildi; 1956-yili 31-iyulda Arisga shahar maqomi berildi; 1965-yili 10-dekabrda Qozoq SSR-ning Oliy Kengash Prezidiumining Farmoniga binoan Aris shahri Chimkent viloyatiga boʻysinuvchi shahar boʻldi; 1988-yili 25-iyulda Qozoq SSR-ning Oliy Kengash Prezidiumining Farmoniga binoan Aris shahri va Boʻgan tumani biriktirilib, markazi Aris shahri boʻldi; 1989-yili 13-oktyabrda Qozoq SSR-ning Oliy Kengash Prezidiumining Farmoniga binoan Boʻgan tumanidagi Montaytas qishloq kengashi bilan Chordara tumaninng Taxirkoʻl qishloq kengashi Aris shahrining tarkibiga kirdi; 1992-yili Aris tarkibida qishloqlari bor shahar boʻlib tashkil topdi va shaharni boshqarish Aris shahri hokimyatining nazoratiga oʻtdi.

Manbalar

Havolalar Aris na sayte Yujno-Kazaxskoy oblasti Ofitsialniy sayt Maslixata goroda Aris

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Turkiston viloyati shaharlari