Manbalar thumb|350px|Shved Ijtimoiy Demokratik Partiyasi aʼzolari Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 1-may bayramini nishonlovchi namoyishda (2006). Xalqaro mehnatkashlar kuni ishchilar bayrami boʻlib, har yili 1-may kuni nishonlanadi. Bayramda ishchilar va ularning kasaba uyushmalari koʻchada yurish, namoyishlar oʻtkazishadi. 1-may 80 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi.
Tarixi 1886-yili Chikago, AQShda politsiya 8 soatlik ish kunini talab qilayotgan ishchilar mitingini oʻqqa tutib, shafqatsizlik bilan tarqatdi (namoyishchilar olomonidan nomaʼlum kimsa politsiyaga qarata dinamit uloqtirganidan soʻng). Oʻnlab odamlar halok boʻldi, shu jumladan politsiya xodimlari ham.ODMP Remembers…, Officer Down Memorial Page„Roots of May Day are in Chicago“, Chicago Tribune Shu fojeani 1889-yili Parijda oʻtayotgan qurultoyda xotirlab, 1890-yili xalqaro eʼtirozlar oʻtkazish taklifi oʻrtaga tashlandi. Keyinchalik, 1904-yili Amsterdamda Xalqaro Ijtimoiy Konferensiyada 1-may kunida barcha proletariat ish tashlashi taklifi eʼlon qilindi. Koʻp mamlakatlarda ishchilar sinfi 1-mayni dam olish kuni, deb tan olinishiga muvaffaqiyatli urindi.
Oʻta oʻng-qanot siyosat yurituvchi partiya va hukumatlar (Portugaliya, Uchinchi reyx, Franco Ispaniyasi va hokazo) 1-mayni nishonlashni bekor qilishgan.
Manbalar
Havolalar 1-may qoʻshiqlari
Turkum:Sotsializm Turkum:Bayramlar Turkum:Alifbo boʻyicha bayramlar Turkum:Qozogʻiston bayramlari