Tavba surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. Madiniy suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi Ushbu sura paygʻambar alayhissalom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil boʻla boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yoʻli ustida joylashgan vohadir. Hijriy toʻqqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar oʻrtasida jang boʻlgan edi). Bu surada Shariati islomiyaning koʻpgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad koʻzda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda boʻlish lozimligi xususidagi qatʼiy hukmini bildirish boʻlsa, ikkinchisi: Paygʻambar alayhissalom gʻazotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni koʻrsatishdir.

Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qurʼondagi mavjud bir yuz oʻn toʻrt suraning ichidan yolgʻiz mana shu sura avvalida "Bismilloh" aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar "Tavba" mazmun-mohiyati jihatidan oʻzidan avvalgi "Anfol" surasining davomi boʻlgani uchun ikkisining oʻrtasini ajratish zarurati boʻlmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: "Bismilloh" Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jang-u jadallar va Allohning laʼnatiga giriftor boʻlgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida soʻz yuritiladi. Shu boisdan uning avvalidagi "Bismilloh" aytilmasligi lozim boʻlgan", deganlar. Bu suraning bir necha nomi boʻlib, ulardan eng mashhuri "Tavba"dir. Sura nihoyasida Alloh moʻminlarning tavbalarini qabul etishi eʼlon qilingani uchun ham bu sura "Tavba" nomi bilan atalgandir.

Manbalar

TAVBA SURASI