Ibrohim surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi Bu surada ham Makka suralarining aksarida boʻlgani kabi eʼtiqod, vahiy, tavhid — Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va, xususan, qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob va jazo-mukofot toʻgʻrisida batafsil soʻz yurtiladi.

Sura paygʻambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa - insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan, birinchidan, hayotda zulmatlar – egri-notoʻgʻri yoʻllar koʻp, nur — haqiqat yoʻli esa tanho boʻlishi bayon qilinsa, ikkinchidan, oʻsha yagona nurga faqat paygʻambarlar — Allohning elchilariga nozil boʻlgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso paygʻambarning oʻz qavmi bilan boʻlgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.

Suraning "Ibrohim" deb atilishiga sabab unda paygʻambarlar otasi - Ibrohim alayhissalomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.

Manbalar

IBROHIM SURASI