Farasman - Xorazm podshosi (mil. avv. IV asr).

Mil. avv. 328-yil Makedoniyalik Aleksandrning Oʻrta Osiyoga yurish chogʻida Farasman 1500 kishilik otliq qoʻshini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga kelgan va u bilan ittifoqchilik bitimi tuzgan. Farasman Aleksandrga Shimoliy Qora dengiz sohillariga, u yerdan Kolxidaga birga harbiy yurish uyushtirishni taklif qilgan, biroq uning loyihasi qabul qilinmagan. Adabiyotlar Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957 Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Xorazm hukmdorlari Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Xorazmda tugʻilganlar Turkum:Xorazmshohlar davlati Turkum:Xorazm