Toʻrgʻay — Qoʻstanoy viloyatining Jangeldi tumanidagi qishloq, tuman markazi. Viloyat markazi sanalmish Qoʻstanoy shahridan, janubi-gʻarbga tomon 550 km masofada, Toʻrgʻay daryosining oʻng yoqasida joylashgan. Aholisi 5380 kishi (2012).
Tarixi Poydevori Chor Rossiyaning qozoq yerini mustamlaka qilish siyosatiga bogʻliq qurilgan. 1845-yil „Toʻrgʻay“ deb nomlanib, shahar maqomiga ega boʻldi. 1868-yil yangidan tashkil topgan, oʻzi bilan nomdosh viloyat va uezning markaziga boʻldi. 1883-yili buyuk qozoq shoiri Ibiray Altinsarinning taklifiga binoan qizlar uchun real uchilish ochildi. 1876-yili shahar aholisi 570 kishi boʻlsa, 1902-yili 1,2 ming kishiga yetdi. 1920 — 29 y. Qozogʻistonda Kengash Hukumati oʻrnashishiga bogʻliq Toʻrgʻay guberniya va uezd markaziga aylandi. Undan keyin Toʻrgʻay, Jangeldin tumanining markazi boʻldi.
Aholisi 1999-yili qishloq aholisi 6,462 kishini, (3,177 nafari erkaklar va 3,285 nafari ayollar) 2009-yilda esa qishloq aholisi 5,767 kishini tashkil qildi (2,799 nafari erkaklar va 2,968 nafari ayollar).
Ijtimoiy soha Qishloqda tuman aloqa va telekommunatsiya, avtomabil sanoat jamoati, bosmaxona, 2 ta oʻrta maktab, musiqa maktabi, Nurxan Axmetov nomli qishloq kasbiy-texnik maktab, kutubxona, tuman kasalxonasi, shifoxona, dorixona v.h. faoliyat yuritmoqdaQozoq Ensiklopediyasi, 8 tom.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston qishloqlari