Shumanay — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanidagi shahar, tuman markazi. Nukusdan 75 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi —Qorabayli (22 km). Aholisi 30,2 ming kishini tashkil etadi (2014). Aholisi va xoʻjaliklari Shumanay kanalidan suv oladi. Mahalliy tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Shumanay Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilib turgan paytlarida va undan keyingi, Aybuyir (Jampiqqalʼa) etagi orqali Orol dengiziga quyilgan davrlarda bir qadar yirik aholi punkti boʻlgan. Amudaryo oʻzanini oʻzgartirgandan keyin Shumanay hududi choʻlga aylangan va bir asrga yaqin qalin changalzor boʻlib yotgan. 1940-yillarning boshidan Shumanay hududiga hozirgi Navoiy viloyatining Tomdi, Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanlaridan yeri unumsiz boʻlib qolgan qishloqlar aholisi, qoʻychilik bilan shugʻullanuvchi chorvadorlar koʻchib kelishgan.

Shumanay shahrida "Shumanay momigʻi" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli paxta tozalash zavodi, gʻisht zavodi, xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, qurilish-taʼmirlash boʻlinmasi, qishloq qurilishtaʼmirlash korxonasi bor. Avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiytaʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, 3 ta kasb-hunar kolleji, bioekosan markazi, kasb-hunar oʻrganish markazi mavjud. Madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, sport majmuasi va boshqalar sport inshootlari bor. Markaziy tuman kasalxonasi va uning boʻlimlari, poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tumanda 14 ta qishloq bor.

Iqlimi

Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Qoraqalpogʻiston shaharlari Turkum:Shumanay tumani