Boydibek tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining markaziy qismida joylashgan. Maydoni 7,2 ming km2 (viloyat hududining-6,1 %). Aholisi 54,285 kishi. Tuman markazi — Shayan qishloʻgi. Tuman 1965-yilgacha Shayan, 1996-yilgacha Olgʻabos tumani deb nomlanib keldi.
Aholisi Tuman aholisi 54,285 kishi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km 2 7,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Aholisining asosiy qismini — qozoqlar tashkil qildai, shuningdek ruslar, oʻzbeklar va boshqa 18 ta millat vakillari istiqomat qilishadi.
Katta qishloqlari Shayan Aqbastau Boʻralday Aqtas Aqmeshit Jariqbas Baydibek ota Maybulaq Shaqpaq Mingbuloq Tanatar Kenestoʻbe
Iqlimi Iqlimi kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −4-6 °C, iyulniki 25-28 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm, togʻli hududlarda 400–500 mm.
Iqtisodiyot Tumanda qishloq xoʻjaligi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, tumandan: sut, goʻsht, gʻalla mahsulotlari boshqa hududlarga sotuvga chiqariladi.
„Qizil koʻprik“ — tarixiy obidalari Qizil koʻprik — 1886-yili eski yogʻoch oʻrniga qurilgan. Mohir injenerlik hisob bilan qurulish-montaj ishlarining yuqori darajada bajarilishidan binoning uzoq vaqt saqlanishiga hissasini qoʻshdi. Koʻprik 1970-yillargacha shahararo avtomabillarning yoʻl qatnovlariga oʻz hissasini qoʻshdi.
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte Yujno-Kazaxstanskoy oblasti.
Turkum:Qozogʻiston tumanlari