Qirgʻiziston ( Kirgizstan) yoki Qirgʻiz Respublikasi () — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolda Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq Qirgʻiziston Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman, mamlakatda 90 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilarhttps://www.kdmid.ru/docs/kyrgyzstan/information-about-the-country/#:~:text=%D0%92%20%D1%81%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B5%20%D0%BF%D1%80%D0%BE%D0%B6%D0%B8%D0%B2%D0%B0%D1%8E%D1%82%20%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%B4%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%B2%D0%B8%D1%82%D0%B5%D0%BB%D0%B8%20%D0%BF%D0%BE%D1%87%D1%82%D0%B8,%D1%81%D1%83%D0%BD%D0%BD%D0%B8%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B3%D0%BE%20%D1%82%D0%BE%D0%BB%D0%BA%D0%B0%20%D0%B8%20%D0%BF%D1%80%D0%B0%D0%B2%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B0%D0%B2%D0%BD%D0%BE%D0%B5%20%D1%85%D1%80%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%B8%D0%B0%D0%BD%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%BE.. Qirgʻizistonning aholisi soni — 10,300 000 kishi.

Etimologiyasi SSSR davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi ular orasida Qirgʻiz SSR (, ) ham bor edi. Sovet davrida Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida () nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi. ().

Davlat tuzumi Qirgʻiziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 5-mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003-yillarda oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Sadir Japarov). U umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jogorku Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Oxirgi marta prezidentlik saylovi 15-noyabr 2017-yilda boʻlib oʻtdi. Yangi prezident etib Soronboy Jenbekov saylandi. Bundan oldin 1-dekabr 2011-yildan 24-noyabr 2017-yilgacha Almazbek Atambayev prezident edi.

Qirgʻiziston Respublikasi prezidentiga nomzod 35 yoshdan kichik va 70 yoshdan katta boʻlmagan, davlat tilida gaplashaoladigan va 15 yildan kam boʻlmagan muddatda respublika fuqarosi boʻlishi kerak.

Namoyishlar Qiz oʻgʻirlashga qarshi harakat Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida Ichki ishlar vazirligi binosi yonida qiz oʻgʻirlashga qarshi namoyish boʻlib oʻtdi. Namoyishga oʻgʻirlab ketilgan 26 yoshli Ayzada Kanatbekova qotilligining oldini ololmagan politsiyaning harakatsizligi sabab boʻlgan.

2021-yil 5-aprel kuni soat taxminan 7:00 da Mederova va Tinistanova koʻchalari kesishgan joydagi kafe yonida 1994-yilda tugʻilgan qiz, Ayzada Kanatbekova, 3 nafar erkak tomonidan majburiy nikoh uchun oʻgʻirlab ketilgan. Shundan soʻng, 7-aprel kuni qiz va bir nafar erkakning oʻlik jasadi topilgan.

8-aprel kuni Ichki ishlar vazirligi binosi oldida toʻplangan 500 ga yaqin namoyishchilar boʻlgan hodisaga asosan nikoh maqsadida oʻgʻirlash uchun jazoni kuchaytirishni talab qilgan. Shu bilan birga, ular vazir Ulan Niyozbekov boshchiligidagi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini hamda Bishkek va Oʻsh shaharlari Ichki ishlar markaziy boshqarmasi rahbarlari isteʼfosini talab qilgan.

Tabiati Qirgʻizistonning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi Pomir-Olay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000–4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Qirgʻizistonning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Qirgʻizistonning janubi-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shimoliy, sharqiy va janubiy chekkalari kiradi. Janubiyda Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shimoliy yon bagʻri Qirgʻizistonga qarashli.

Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.

Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi vodiylarda —1" dan —8" gacha, togʻlarda —8" dan −27" gacha; iyulda vodiylarda 20"—27", baland togʻlarda 5" va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180–250 mm dan Fargʻona tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 900 – 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Janubiy Inilchek va Shimoliy Inilchek muzliklaridir.

Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Qirgʻizistonda 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.

Qirgʻizistonda oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600–4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.

Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.

Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. ToʻqmoQirgʻiziston

Tarixi Qirgʻizistonda topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Qirgʻizistonning shimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi VII—III asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi II asr — milodiy II asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi II—I asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy I—IV asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. V asrda Qirgʻiziston shimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. VI—VII asrlarda Qirgʻiziston Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Qirgʻiziston Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. VI—VIII asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Qirgʻiziston hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. VIII asrning boshida Qirgʻizistondagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. VIII asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi X asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar X asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.

Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. X asr oʻrtasidan taxminan XII asr oʻrtalarigacha Qirgʻiziston hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— XII asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. XIII asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (XIV asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Qirgʻizistonda shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348-yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7-marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425-yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. XV asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. XV asrning 2-yarmida Shimoliy Qirgʻiziston hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.