Birlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) — BMTning xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal taraqqiy ettirish va ragʻbatlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini muvofiqpashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. YUNIDOga 150 davlat aʼzo (1990). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng huquqli aʼzo sifatida kirdi. OʻzRda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mazkur tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi.

Vazifalari UNIDOning vazifalari: Sanoat boshqaruvi va statistika Investitsiyalar va texnologiyalarni rag'batlantirish Savdo va raqobatbardoshlikni rivojlantirish Xususiy sektorni rivojlantirish Agrosanoat tarmoqlari Barqaror energiya boshqaruvi va iqlim o'zgarishi Monreal protokoli Ijrochi va bosh direktorlar

UNIDO ijrochi direktorlari1967–1974Ibrahim Helmi Abdel-Rahman (Misr)1975–1985Abd-El Rahman Khane (Jazoir)UNIDO Bosh direktorlari1985–1992Domingo L. Siazon Jr. (Filippin)1993–1997Mauricio de Maria y Campos (Meksika)1998–2005Carlos Alfredo Magariños (Argentina)2005–2013Kandeh K. Yumkella (Syerra-Leone)2013–2021Li Yong (Xitoy)2021–Gerd Müller (Germaniya)

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil