Blondel Fransua (1618.15.7, Ribemon, Pikardiya — 1686.21.1, Parij) — fransuz meʼmori, klassitsizm namoyandasi, nazariyotchi meʼmor. Qirollikdagi meʼmorlik akademiyasi direktori (1671-yildan). Italiyaning Qad. va Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsirida binolar barpo etgan (Parijdagi SenDen darvozasi, 1672 va boshqalar), shahar va qoʻrgʻonlar loyihasini yaratgan. "Meʼmorlik kursi" asarini yozgan (1675—83).

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:1618-yilda tugʻilganlar Turkum:15-iyulda tugʻilganlar Turkum:Parijda tugʻilganlar Turkum:1686-yilda vafot etganlar