Bronxografiya (bronx va — yozaman) — hiqildoq (traxeya) va bronx yoʻllariga kontrast modda yuborib, rentgenologik tekshirish usuli. Birinchi marta 1918-yil oʻtkazilgan. Bronx, oʻpka, qorin boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari va boshqaga tashxis qoʻyishda qoʻllanadi. Bronxografiya qilish lozimligi yoki mumkin emasligini vrach belgilaydi, bunda albatta bemorning umumiy ahvoli va kasalligi hisobga olinadi.
Yana qarang
Bronxoskopiya
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Tibbiyot Turkum:Pulmonologiya