Ziyo Muso o‘g‘li Bunyodov (1921-yil 24-dekabr, Astara, Lenkoran tumani – 1997-yil 21-fevral, Boku) Ozarbayjon sharqshunosi, tarixchi, Sovet ittifoqi qahramoni, davlat mukofoti laureati va xizmat ko‘rsatgan ilmiy xodim. U 1991-yilda professor Vasim Mammadaliyev bilan birgalikda Qur’oni Karim kitobining Ozarbayjon tiliga tarjimasini yakunladi. 1997-yilning 21-fevral sanasida o‘zi yashagan binoning oldida jinoyatkor guruh tomonidan o‘ldirilgan.

Hayoti Ziyo Bunyodov 1923-yil 21-dekabr kuni Astara shahri, Oktabr inqilobidan ancha avval Lyaxov kazak bo‘linmasi maydonlaridan birida xizmat qilgan harbiy tarjimon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Bibi-Heybat olimshayxlar naslidan bo‘lgan Muso Mavsum o‘g‘li edi. U otasining soyasida hali kichik bo‘lishiga qaramay arab tilini o‘rgangan va Qur’on o‘qishni boshlagan. Uning onasi esa Lenkoranning Liman shahrida tug‘ilgan Ozarbayjondagi qadim rus ko‘chmanchilaridan bo‘lgan Raisa Mixaylovna Gusaikova edi.

Nasl shajarasi asoslangan tarixiy hujjatlarga ko‘ra, Bunyodov familiyasi uning 13-katta bobosi shayx Bunyodning ismidan olingan. Uning to‘liq ismi Sheyx Ziyo ad-Din bin Sheyx Muso bin Sheyx Masum bin Sheyx Mahdi bin Sheyx Ismoil bin Sheyx Uli Usgar bin Sheyx Muhammad Umin bin Sheyx Uli Usgar bin Sheyx Muhammad Mug‘om bin Sheyx Usgar bin Sheyx Gulomali bin Sheyx Bunyod al-Bakuvi. Ziyo Bunyodov o‘zi haqida shunday deydi:

Yoshlik yillari Bolalikdan yaxshi tarbiya olgan Bunyodov oilasidagi 6 ta farzandning eng kattasi edi. Xizmati ishi bilan aloqador bo‘lgan otasini Go‘ychay (joy nomi) hududiga yuborishganidan keyin Bunyodov o‘rta maktab yillarini Go‘ychayda o‘tkazdi. 1939-yilda o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng u uchuvchilik maktabiga o‘qishga kirish uchun Bokuga keladi. Lekin tibbiy ko‘rikdan o‘tolmagach, yoshini 2 yil katta ko‘rsatib, S.Orconikidze nomidagi Boku Piyodalar Maktabida tahsili davom ettiradi. 1941-yilning may oyida harbiy maktabni leytenant sifatida a’lo baholar bilan bitirdi.

Harbiy yillari

Bunyodovni ikkilanmasdan kelajakdagi xizmat yeri – Bessarabiyaga yuboradilarRəsmi Bioqrafiyası. U bu yerda – Dnestr daryosi yoqasidagi kichik shahar bo‘lgan Bandarda 2-jahon urushi boshlanganidan jami bir oy o‘tgach hayotida ilk marotaba jangga kirdi. Kasalxonalarda kechgan vaqti (ikki marta yaralangan va kontuziya bo‘lgan) tugashi bilanoq Ziyo Bunyodov 2-jahon urushida Berlingacha jang qilib, sharafli kurash yo‘lini bosib o‘tgan.

U Ukraina va Moldova kurashlarida, Mozdak va Tuapse, Belorusiya va Polsha uchun janglarda faol ishtirok qilgan. Hatto qamalga tushib qolgan va tushgan qamalidan kurashib, jang qilib chiqqan va polkning bayrog‘ini himoya qilishni uddalagan va buning bilan faqat bayroq emas, polkning askari sharafini ham himoyalay olgan. Bunyodov Shimoliy Qafqazda kechgan janglarda ishtirokchi bo‘lgan va Saratovning yarmigacha Volga matroslaridan tashkil topgan 120 nafarlik rotaga ham boshchilik qilgan. thumb|263x263px|5-zarba armiyasi qoʻmondoni Nikolay Berzarin (oʻngda) Sovet Ittifoqi qahramoni yulduzini 123-jarima kompaniyasi komandiri Ziyo Bunyodovga topshiradi O‘zining haq ekanligini isbotlashga uringan Bunyodov komandir bilan janjallashgach, jarima rotasiga yuboriladi va u yerda bir yil qolib ketadi. Yosh leytenant bo‘lishiga qaramay, u yerda yoshi va tajribasi katta bo‘lgan jazo o‘tayotganlarning ham hurmatini qozonadi. Buni e’tibordan chetda qoldirmagan qo‘mondonlik, otishmachi batalyoni komandiri bo‘lgan Bunyodovga jarima rotasiga boshchilik qilishni taklif etadi. U bu taklifni hech ikkilanmasdan qabul qiladi. left|thumb|Sovet Ittifoqi qahramoni kapitan Ziyo Bunyodovning mukofot varaqasi.

Vislo-Oder amaliyoti vaqtida kapitan Bunyodovning qo‘mondonligi ostida 123-jarima rotasi Pilisa daryosi bo‘yidagi 80 metrlik minalangan ko‘prikni qo‘lga olgan va asosiy kuchlar kelguniga qadar bir necha soat mobaynida uni dushmanning tinimsiz hujumlaridan qo‘riqlab, saqlay oldi. Bu muddat davomida 670 nafar jangchi bo‘lgan rotasidan jami 47 nafari sog‘ qolgan edi. Xotira daftaridan:

1945-yil 27-fevralda Ziyo Bunyodovga „Sovet ittifoqi qahramoni“ unvoni berilgan.

Ilmiy faoliyat

Urush yakunlangach, Bunyodov 1945-yilning may oyidan 1946-yilning mayiga qadar Berlinning eng nufuzli joyi – Pankovda ishlagan. Berlin madaniyat hayotining barposi va rivojlanishi sohasida qilgan ishlari uchun u „Artur Bekker“, „Vaffenbrudershaft“ qizil medallari bilan mukofotlangan.

Bunyodov armiyadan ketgandan so‘ngra, 1946-yilda Moskva Sharqshunoslik institutiga kiradi, 1950-yilda shu universitetning aspirantura bosqichiga qabul qilinadi. Ziyo Bunyodov 1954-yilda Italiya imperalizmi Afrikada” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, shu yilning avgustida Bokuga qaytadi. Shu yilda u Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Tarix institutida ilmiy tadqiqotlarini davom ettiradi.

1958-yildan 1959-yilgacha Ziyo Bunyodov Ozarbayjon davlat universiteti Sharqshunoslik fakultetida muallim vazifasida mehnat qiladi. 1964-yildan Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari institutida „O‘rta asrlar tarixi“ bo‘limining rahbari bo‘ladi. 1964-yilda u „Ozarbayjon VII-IX asrlarda“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oladi, 1965-yilda esa uning ayni nomli monografiyasi chop etiladi.

1960-yillarning 2-yarmida Ozarbayjonning 150 yil avval Rossiya tarkibiga qanday kirgani borasida ilmiy bahslar ketardi. Bu bilan bog‘liq shunday qaror qabul qilinganki, bir yarim asr avval Ozarbayjon ko‘ngilli sifatida Rossiyaning tarkibiga kirgan. Hatto bu narsa bir bayram kabi qabul qilingan edi. Shu munosabat ila Ozarbayjon Lenin ordeni bilan mukofotlangan edi. 1967-1968-yillarda Ziyo Bunyodov bir necha marotaba ochiq bildirganki, to‘g‘ri Ozarbayjon Rossiyaning tarkibiga kirgan, ammo bu qadam ko‘ngilli sifatida tashlanmagandir. U tarixiy haqiqatni aytmoq lozimligini ta’kidlardi.

Bunyodov bolshevizm terrori va siyosiy repressiyalarning qurbonlari bilan bog‘liq bir necha tadqiqot asarni o‘rtaga tashlagan. U bolshevizm terrori natijasida 20-30-yillarda Ozarbayjonda olib borilgan repressiyalar haqida haqiqatlarni oshkora qilarkan, 1937-yilning qurbonlarini xalqqa tanitarkan, ularni oqlarkan, nomlarini tarixda barpo ettirarkan va shu bilan, o‘sha davrni to‘g‘ri, xolis yoritarkan bu borada haqiqiy xizmatni bajargan. Haydar Aliyev Ziyo Bunyodovning bu davrdagi faoliyatini ham yuksak baholagan:

1965-yilda SSSR Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan unga professor ilmiy darajasi berilgan. 1966-yildan Turk tarix jamiyatining Anqaradagi qurultoylarida doimiy qatnashib keladi. Turkiy xalqlar tarixini o‘rganishdagi ulkan xizmatlari tufayli o‘sha yili Turk Tarix Jamiyatining muxbir a’zoligiga, 1988-yilda esa faxriy a’zoligiga saylangan.

1967-yilda u Ozarbayjon Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi etib saylandi, 1976-yil 21-aprelda esa Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi. 1970-yilda Bunyadov "Ozarbayjon SSR Fanlar akademiyasi yangiliklari. Ijtimoiy fanlar seriyasi" jurnalining bosh muharriri etib tayinlandi. 1970-yilga kelib, uning ilmiy rahbarligida sakkizta nomzodlik va uchta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan edi.

1967-yilda Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, 1976-yil 21-aprelda Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylanadi. Bunyodov 1970-yilda “Ozarbayjon SSSR FA ning xabarlari. Ijtimoiy ilmlar (gumanitar fanlar) seriyasi” jurnalining bosh muharriri vazifasiga tayinlanadi. 1970-yilgacha uning rahbarligi ostida 8 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik ishi himoya qilingan.

U xalifalik va Ozarbayjonning VII-XIII asrlar tarixining tadqiqotchilaridan biri edi. Bunyodov alban tarixchisi M.Goshning „Alban xronikasi“ asarini 1960-yilda ingliz tilidan, A.Bakuvining „Obidalarning xulosasi va qudratli hukmdorning mo‘jizalari“ asarini 1971-yilda va Nasaviyning „Sulton Jaloliddin Mankburni (Manguberdi) hayotining tasviri“ asarini 1973-yilda arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan.

SSSR bo‘ylab sayohatlarida yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ishiga ko‘rsatgan dastaklari uchun 1976-yilda Faxriy nishon mukofoti bilan taqdirlangan. 1980-yilda esa Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasining bosh redaksiyasi a’zosi etib saylangan. U ensiklopediya uchun Ozarbayjon tarixiga doir ko‘plab maqolalar yozgan. Manbalar tadqiqini davom ettirgan akademik Bunyodov yangi “Ozarbayjon otalar davlati. 1136-1225-yillar” kitobi ustida ish boshlaydi. 1978-yilda monografiya nashrdan chiqqandan keyin ko‘plab ijobiy fikr-mulohazalar oladi va yuksak baholanadi. Uning bu asari ilm ahlining yuksak bahosini olmoqla birlikda 1980-yilda ilm va texnika sohasida Ozarbayjon SSSR davlatining mukofotiga loyiq ko‘riladi.

1981-yilning aprel oyidan esa Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining direktori vazifasiga tayinlanadi. U bu vazifada 1986-yilgacha faoliyat ko‘rsatganZiya Musa oğlu Bünyadov. Biblioqrafiya. -Bakı, "Nurlan", 2004. 112 s. 1982-yilda unga “Ozarbayjon SSSR xizmat ko‘rsatgan ilmiy xodimi” unvoni berilgan. U 1988-1990-yillar davomida Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik intsitutiga rahbarlik qilgan.

1990-yilda Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti etib saylangan. U 1991-yilda professor Vosim Mammadov ila birgalikda Qur’oni Karimning ozarbayjon tiliga tarjimasini yakunlaydi. Buyuk mas’uliyat va zahmat talab qilgan bu ishi uchun Bunyodov Hoji Zeynolobdin Tog‘iyev nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. 1992-yilda Bunyodov umumiy ovoz berish yo‘li bilan qaytadan Sharqshunoslik instituti direktori etib saylanadi.

Ziyo Bunyodov 1991-yilda „Gulistoni-Eram“ asarini muqaddima va sharhlar bilan chop ettiradi va bu ishi uchun 1993-yilda Abbosgulu og‘a Bakixanov nomidagi mukofotga munosib ko‘riladi.

Imodaddın Nasımıy haqıda fıkrları Bunyodovning tadqiqotlaridan biri o‘rta asrlar mutafakkir shoiri Imomiddin Nasimiyning o‘limi bilan bog‘liq. Akademik Nasimiyning qatl qilinishi va terisining shilinishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi. U zamonaviy Ozarbayjon sharqshunoslari Nasimiyning o‘limiga oid faktlarni faqatgina turk olimi Abdulboqi Gulpinarlining “Islom Ensiklopediyasida” gi “Nasimiy” nomli maqolasidan o‘qib, bu bilan kifoyatlanishlarini aybladi. U o‘z maqolasida Nasimiyning o‘limi bilan bog‘liq xulosalar zaifligidan va bizgacha yetib kelgan manbalar kamligidan shikoyat qiladi. Ma’lumotning matni shundaydir:

Tanqidi Tomas de Vaal „Qorabog‘: Armaniston va Ozarbayjon sulh va urush yo‘llarida“ kitobidagi ma’umotlarni o‘qib, Bunyodov armanilarning Janubiy Qafqazda o‘nlab cherkov qurganini, albanlarning armanilarning ajdodlari bo‘lganini inkor etib, bu obidalarning armanilar bilan aloqasi bo‘lmagan xristian albanlariga tegishliligi farazini ilgari surgan. Britaniyalik jurnalist „o‘sha obidalarning yozuvlari arman tilida ekanini“ aytgan.

Plagiat da’vosi Tomas de Vaal so‘zlariga ko‘ra, Bunyodovning 1960-yilda va 1964-yilda chop etilgan ikki maqolasi AQSH olimlari Dausetning „Mxitar Goshning Alban xronikasi“ va Robert Hevsen maqolalarining plagiatidir. Qayd etish lozimki, Bunyodov „Albaniya tarixi“ maqolasining boshida solnomaning matni Dauset nashrining tarjimasini va shuningdek bu nashrning ma’lumotlarini taqdim etadi, lekin so‘zboshi va sharhni muallif sifatida beradi.

Manbalarning soxtalashtirilish da’vosi Bunyodov Villem Flor va Hasan Jovodiy Abbosgulu og‘a Bakixanovning „Gulistoni-Eram“ asari tarjimasini soxtalashtirishda, buzib ko‘rsatishda ayblanadiThe Heavenly Rose-Garden: A History of Shirvan & Daghestan. Abbas-Kuli-Aga Bakikhanov, Willem Floor, Hasan Javadi. — Mage Publishers, 2009 — ISBN 1-933823-27-5. Стр. xvi. Флор и Джавади — иранисты, авторы множества статье в авторитетной энциклопедии Ираника . Gruzin tarixchisi G.Beradze Falaki Shirvon haqida bo‘lgan ishni hindistonlik sharqshunos Hassan Hadi ishi ekanligini aytib, Bunyodovni undan plagiat qilinganlikda ayblaydiГ. Берадзе. Из истории изучения одного уникального касыда Фалака Ширвани (). Журнал "МАЦНЭ" (языка и литературы) 1975 год, № 4, стр. 168–174. На груз. языке.