Maxdi Orifovich Abdullayev (1922-yil, 27-oktyabr, Buxoro) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari doktori (1969), professor (1972). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1945). Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan (1948). Zoologiya kafedrasi assistenti, dotsenti, kafedra mudiri (1953—1958), oʻquv va ilmiy ishlar prorektori (1958—1972), zoologiya va ekologiya kafedrasi mudiri (1972-yildan). Baliqchilikka oid tadqiqot ishlari olib borganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:27-oktyabrda tugʻilganlar