Joʻra Majidovich Abdurasulov (8-may 1921-yil – Toshkent – 10-sentyabr 1990-yil) – rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1954). Sam-MI rentgenologiya kafedrasining dotsenti (1948-1951), 1952-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kafedra mudiri, Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1958-76). Joʻra Abdurasulovning asosiy ilmiy ishlari ultratovush diagnostikasi, toʻgʻri ichak rakining rentgenodiagnostikasi va koʻp sonli rak kasalligi muammolariga oid. U rakka qarshi va radiologiya sohasidagi xalqaro anjumanlarda qatnashgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:5-avgustda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:9-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1990-yilda vafot etganlar