Abu Bakr Siddiq, toʻliq ismi Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir (da tug'ilgan — 634-yil 23-avgustda vafot etgan) — Muhammad paygʻambar daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi. Muhammad paygʻambarning eng yaqin safdoshi, uning qaynotasi (moʻminlarning onasi Oyshaning otasi), yirik savdogar. Makkaning Quraysh qabilasidan bo'lgan. Muhammad paygʻambarning vafotidan keyin 632-yildan 634-yilda vafotiga qadar Roshidun xalifaligining birinchi xalifasi etibsaylangan. Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirgan. Uning xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qilgan. Abu Bakr Siddiq Madinada vafot etgan va Muhammad paygʻambarning yoniga dafn qilinganAbu Bakr Siddiq. OʻzME. A-harfi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil..

Abu Bakr Banu Taym qabilasidan boʻlgan Abu Quhofa va Ummu al-Xayrning farzandi bo'lgan. U islomni qabul qilgan eng dastlabki musulmonlar safida bo'lib, mushriklarga daʼvat qilgan. Abu Bakrning nomi birinchi musulmon daʼvatchi sifatida eʼtirof etilgan, chunki Muhammad payg'ambarning bir qancha sahobalari Abu Bakr orqali islomni qabul qilgan. Islomni qabul qilishidan oldin ismi Abdulkaʼba bo'lgan. Abdulloh ismini Muhammad paygʻambar qoʻygan. Siddiq deb atalishiga sabab isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlaganligidir. Muhammad paygʻambar unga Siddiq yaʼni iymoni kuchli deb laqab bergan. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad paygʻambarga hamrohlik qilgan, shuningdek, gʻorda ham birga boʻlgan. Abu Bakr Muhammadning barcha yurishlarida qatnashgan, shuningdek, Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etgan. U obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qilgan, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etgan. Muhammad payg'ambar yoʻqligida Abu Bakr namozlarga imomlik qilgan.

Payg'ambar Muhammadning vafotidan keyin 632-yilda Abu Bakr Saqifada musulmonlarga birinchi xalifa sifatida rahbar boʻlib saylangan va rahbarlikni qoʻlga olgan. Uning saylanishi bir qator isyonkor qabila yetakchilari tomonidan eʼtirozlar bilan qarshi olingan. Abu Bakr hukmronligi davrida bir qancha qoʻzgʻolonlarni bostirgan, shuningdek, Ridda urushlari natijasida musulmon davlati hukmronligini butun Arabiston yarim oroli boʻylab mustahkamlash va kengaytirishga muvaffaq boʻlgan. Abu Bakr qoʻshni Sosoniylar va Vizantiya imperiyalariga dastlabki hujumlarga boshchilik qilgan. Bu hujumlar uning vafotidan keyingi yillarda oxir-oqibat musulmonlarning Forsni zabt etishi va Levantni egallashiga sabab bo'lgan.

Siyosatdan tashqari Abu Bakr Qurʼonni jamlash ishlari bilan ham eʼtirof etiladi. Uning shaxsiy xalifalik musʼhafi boʻlgan. 634-yil avgust oyida vafot etishidan oldin Abu Bakr Umarni () oʻz vorisi etib tayinlagan. Muhammad bilan birga Abu Bakr Madinadagi Al-Masjid an-Nabaviyda Yashil Gumbaz ostida dafn etilgan. Bu joy Islomdagi ikkinchi eng muqaddas maskan hisoblanadi. Abu Bakr 2-yil, 2 oy-u 14 kun hukmronlik qilgach, kasallikdan vafot etgan. U tabiiy sabablarga koʻra vafot etgan yagona Roshidun xalifasidir.

Abu Bakr Siddiq qisqa muddat hukmronlik qilgan boʻlsa-da, uning hukmronlik davri oʻsha davrning eng qudratli ikki imperiyasi hisoblanmish Sosoniylar va Vizantiya imperiyalariga qarshi muvaffaqiyatli bosqinlarni oʻz ichiga olgan. U bir necha oʻn yil ichida tarixdagi eng yirik imperiyalardan birining vujudga kelishiga sabab bo'luvchi tarixiy jarayonni boshlab bergan. Mahalliy arab isyonchi kuchlari ustidan qozongan hal qiluvchi gʻalabasi islom tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Sunniy musulmonlar Abu Bakrni Roshidun xalifalarning birinchisi, paygʻambarlar va rasullardan keyingi eng ulugʻ shaxs sifatida ulugʻlasa, shialik mazhabi Abu Bakrni xalifalikni nohaq egallab olgan kishi va Ahl ul-Baytning raqibi deb biladi.

alt=Abu Bakr as-Siddiqning uch o‘g‘li: ʿAbdulloh, ʿAbdur-Rahmon va Muhammad hamda ularning avlodlari orqali tarqalgan naslini ko‘rsatuvchi xarita.|right|thumb|Abu Bakr Siddiq avlodlarining xaritasi bo‘lib, har bir avlodning tasnifi (sahoba, tobein) ko‘rsatilgan.

Nasab va unvonlari

Abu Dovud rivoyat qiladi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „Ey Abu Bakr, ummatim ichidan jannatga birinchi kiruvchi albatta, sen boʻlasan“, — dedilar.

Toʻliq ismi Abu Bakr Abdulloh ibn Abu Quhofa Usmon ibn Omir ibn Amir ibn Kaʼb ibn Maʼd ibn Tayim ibn Murra ibn Kaʼb ibn Lu’ay ibn Gʻolib al-Qurashiy at-Taymiy. Uning nasabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Murrada birlashadi.

Ibn Saʼd rivoyatiga koʻra, Abu Bakrning toʻliq ismi Abdulloh ibn Abu Quhofa ibn Omir ibn Amr ibn Kaʼb ibn Saʼad ibn Taym ibn Murra ibn Kaʼb ibn Lu’ayy ibn Gʻolib ibn Fihr ibn Molik ibn An-Nodir ibn Kinoona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Mudar ibn Nizor ibn Maʼadd ibn Adnon boʻlganTabaqat ibn Saʼd 3/ 169. Bu nasab paygʻambar Muhammadning nasabi bilan oltinchi avlod Murrah ibn Kaʼbda tutashadi. Ismlari Abu Bakrning tugʻilgan paytidagi ismi Abdulloh () boʻlib, „ Allohning bandasi“ degan maʼnoni anglatadi. Abu Bakr () nomi esa uning kunyasi boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „toʻngʻichning otasi“ yoki „yigitlarning otasi“ degan maʼnoni bildiradi. Bu soʻz „yosh tuya“ degan maʼnoni anglatuvchi bakr soʻzidan kelib chiqqan. Maʼlumotlarga koʻra, Abu Bakr bu taxallusni bolaligida tuyalarni yaxshi koʻrgani va badaviy qabilalar orasida ulgʻayar ekan, tuya bolalari va echkilar bilan oʻynagani tufayli olgan. Abu Bakrning otasi ham Abu Quhofa kunyasi bilan mashhur bo'lgan, asl ismi esa Usmon bo'lgan.

Sharafli taxalluslari va sifatlari As-Siddiq (sadoqatli, rostgoʻy) uning eng mashhur unvoni boʻlib, paygʻambar Muhammad tomonidan Abu Bakr boshqalar shubha qilgan paytda Isro va Meʼroj haqidagi rivoyatga darhol ishongani uchun berilganAbi Naʼeem, „Maʼarifat al-sahaba“, no. 64, 65. Odatda, „sodiq“ deb tarjima qilinsa-da, tarixchi Fred Donnerning taʼkidlashicha, bu atama tarixan uning sadaqa yigʻuvchi sifatidagi roli bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin.

Atiq uning dastlabki unvonlaridan biri, islomni qabul qilishidan avval ham qoʻllanilgan boʻlib, „najot topgan“ degan maʼnoni anglatadi. Termiziy toʻplamidagi zaif rivoyatda keltirilishicha, paygʻambar Muhammad keyinchalik bu unvonni yana bir bor taʼkidlab, Abu Bakrni „Allohning olovdan (doʻzaxdan) ozod qilgani (Atiyqi)“ deb atagan, bu „najot topgan“ yoki „omon qolgan“ degan maʼnoni bildiradi. Uning Alloh nomi bilan bogʻlanishi esa Allohga naqadar yaqin va uning panohida ekanini koʻrsatadiAbi Naʼeem, „Maʼarifat al-sahaba“, no. 60.

As-Sohib Qur’onda sharaf sifatida „as-sohib“ (hamroh) deb ataladi. Bu paygʻambar Muhammad bilan birga Madinaga hijrat qilgan chogʻida Quraysh qabilasidan yashirinayotganda Jabal Savr gʻorida uning hamrohi boʻlganini ifodalaydi:

Al-Atqaa imom Jaloliddin as-Suyutiy tomonidan Qur’onning Layl surasi tafsirida Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda keltirilishicha „eng taqvodor“, „eng solih“ yoki „Allohdan eng koʻp qoʻrquvchi“ degan maʼnoni anglatuvchi „al-Atqaa“ () soʻzi moʻminlar uchun namuna sifatida Abu Bakrga ishora qiladi.

Al-Avvoh () Allohga koʻp iltijo qiladigan, rahmdil va dilbar (koʻngli yumshoq) kishi degan maʼnoni anglatadi. Ibrohim an-Naxaiy Abu Bakrni ham rahmdilligi bois al-Avvoh deb ham atashganini taʼkidlagan.

Ibn Saʼd shunday rivoyat qiladi: „Bir kishi Oyshaga: „Menga Abu Bakrni sifatlab bering“, dedi. Bas, u kishi: „U oppoq, ozgʻin, yanoqlari kichik, biroz egilgan, izori ikki yonboshida turmay, sirpanib ketadigan, yuzi ichiga kirgan, koʻzlari chuqur, peshonasi doʻngroq va qushdek yengil odam edi. Uning sifati ana shundoq“, deb javob berdi“.

Boshqa bir rivoyatda Oysha: „Abu Bakr (soch-soqolini) hina va katm — maxsus boʻyoq bilan boʻyab yurardi“, — deb aytgan.

Yana boshqa bir rivoyatda Anas roziyallohu anhu: „Rasululloh Madinaga kelganlarida u zotning sahobalari ichida Abu Bakrdan boshqa soch-soqoliga oq tushgani yoʻq edi. U hina va katm bilan boʻyab yurardi“, — degan.

Tavalludi va yoshligi Abu Bakr 573-yillarda Makkadagi Quraysh qabilalar ittifoqining Banu Taym urugʻiga mansub boy oilada tugʻilgan. U paygʻambar Muhammadning tavalludidan 2 yil-u bir necha oy keyin dunyoga kelgan. Uning otasi Abu Quhofa Usmon ibn Omir, onasi esa Ummu al-Xayr Salmo binti Soxr ibn Amr boʻlib, Abu Quhofaning amakisining qizi boʻlgan.

Uning bolaligi oʻsha davrdagi boshqa arab bolalari kabi oʻzlarini Ahl-i-Baʼeer (tuya ahli) deb atagan badaviylar orasida oʻtgan, tuyalarga alohida mehr qoʻygan. Yoshligida tuya bolalari va echkilar bilan oʻynar, tuyalarga muhabbati tufayli unga Abu Bakr yaʼni „tuya bolasining otasi“ (kunya) taxallusi berilganWar and Peace in the Law of Islam by Majid Khadduri, translated by Muhammad Yaqub Khan Published 1951 Ahmadiyyah Anjuman Ishaat Islam, original from the University of Michigan, digitised 23 October 2006.

Makkalik boy savdogar oilalarining boshqa farzandlari kabi Abu Bakr ham savodli boʻlib, sheʼriyatni yaxshi koʻrgan. U har yili Ukazga borar va sheʼr oʻqiladigan majlislarda qatnashardi. Uning xotirasi juda kuchli boʻlib, arab qabilalarining nasabnomasi, ularning rivoyatlari va siyosati haqida yaxshi bilimga ega boʻlganAl-Zarkali, Al-Aʼlam, Dar al-Ilm lil Malayeen, 15th edition, May 2002.

Rivoyat qilinishicha, Abu Bakr hali bola paytida otasi uni Kaʼbaga olib borib, butlar oldida duo qilishni soʻragan. Otasi boshqa ish bilan chiqib ketgan, Abu Bakr esa yolgʻiz qolgan. Abu Bakr bir butga murojaat qilib: „Ey xudoyim, menga chiroyli kiyimlar kerak, ularni menga ato et“, — degan. Butdan javob boʻlmagan. Soʻng boshqa butga: „Ey xudo, menga mazali taom ber. Qarang, juda ochman“, — degan. But yana javob qaytarmagan. Yosh Abu Bakr sabrsizlangan va bir toshni koʻtarib, butga qarab: „Mana, men senga tosh otmoqchiman, agar sen xudo boʻlsang, oʻzingni himoya qil“, — degan. Abu Bakr butga tosh otgan va Kaʼbadan chiqib ketgan. Shunga qaramay, Abu Bakrning islomni qabul qilishidan avval u hanif sifatida amal qilgani va hech qachon butlarga sigʻinmagani qayd etilgan.

Abu Bakr Siddiq faqat tijorat ketidan katta mol-mulk orttirgan. Shu bilan birga u hayr-u ehsonlari va muruvvatlari bilan johiliyat ahli orasida yaxshi nom chiqargan. Abu Bakr Qurayshning rahbarlaridan boʻlib, maslahat va mashvarat ishlarida doimo ishtirok etgan, kishilarning muhabbatini qozongan edi. Unga Qurayshning xun va qarz toʻlash ishlari topshirilgan edi. Johiliyat davrida arablarning markazlashgan davlatlari boʻlmaganligi uchun Makka ahli turli vazifalarni turli qabilalarga boʻlib bergan. Bir qabila kishilarni mehmon qilishga mas’ul boʻlsa, boshqasi Kaʼbaga qarashga, yan boshqasi esa majlis oʻtkazishga mas’ul boʻlgan. Abu Bakrning qabilasiga yuklangan vazifalardan biri diya va qarzlar ishi boʻlgan.

Paygʻambarning sahobasi thumb|245x245px|1595-yilga oid „Siyer-i Nebi“ (Payg‘ambar hayoti) asariga mansub 1595-yilgi Usmoniylar miniatyurasi: Abu Bakrning Ukof (Okaz) bozorida Abu Lahab boshchiligidagi Makka mushriklari to‘dasining Muhammad payg'ambarga hujum qilishini to‘xtatib qolayotgani tasvirlangan. Baʼzi sunniy olimlar va barcha shialik rivoyatlariga koʻra, Xadicha bint Xuvayliddan keyin islomni qabul qilgan ikkinchi kishi Ali ibn Abu Tolib boʻlgan. Biroq tarixchi Ibn Kasir „Al-bidoya val-nihoya“ asarida bu qarashni eʼtiborsiz qoldirib, ilk musulmon boʻlgan kishilarni ijtimoiy guruhlar boʻyicha tasniflaydi. Unga koʻra, Xadicha islomni qabul qilgan birinchi ayol, Zayd ibn Horisa birinchi ozod qilingan qul, Ali ibn Abu Tolib birinchi tugʻilgan bola, Abu Bakr esa islomni qabul qilgan birinchi erkin balogʻatga yetgan erkak boʻlgan.

Makkadagi keyingi hayoti