Otaqoʻzi Azizov (1910-yil 21-sentyabr, Qirgʻiziston, Oʻsh viloyati) – tilshunos. Oʻzbekistonda (1970) va Qoraqalpogʻistonda (1980) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining chet el muxbir a’zosi (1968).

Hayoti Otaqoʻzi Azizov 1910-yil 21-sentyabrda Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1932). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1940–45), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (1945–48), Toshkent kechki pedagogika instituta (1948– 52), Toshkent Davlat Universiteti (1952-85)da rus tili kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari oʻzbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va oʻzbek tillarining qiyosiy oʻrganish masalalariga bagʻishlangan. Azizov darsliklar, ruscha-oʻzbekcha va boshqa lugʻatlar tuzgan.

Kutubxonasi Tilshunosning 3000 dan ortiq kitoblarga ega shaxsiy kutubxonasi 2019-yil aprel oyida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga sovgʻa qilingan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:21-sentabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston tilshunoslari