Haydar Alirizo oʻgʻli Aliyev (t. 10-may 1923, Naxchivon, ZSFSR, SSSR — v. 12-dekabr 2003, Klivlend, Ogayo, AQSH) — Ozarbayjonning ajoyib siyosiy va davlat arbobi, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti (1993—2003), „Ulugʻ rahnamo“ va „Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri“ unvonlarining rasmiy sohibi.

Haydar Aliyev — Ozarbayjon Respublikasining uchinchi prezidenti. Hozirgi prezident Ilhom Aliyevning otasi.

Hayoti Umummilliy lider Haydar Alirizo oʻgʻli Aliyev 1923-yil 10-mayda Ozarbayjonning Naxchivon shahrida temiryoʻlchi oilasida dunyoga kelgan. Naxchivon Pedagogika texnikumini. 1939-yilda bitirgandan soʻng Ozarbayjon Sanoat institutining meʼmorlik fakultetida tahsil olgan. Boshlanib ketgan urush unga tahsilni tugatish imkonini bermagan.

Haydar Aliyev 1941—1944-yillarda Naxchivon MSSR Xalq Ichki Ishlar Komissarligida va Naxchivon MSSR Xalq Komissarligi Sovetida turli mas’ul vazifalarda xizmat qilgan, 1944-yilning mayida esa Naxchivon Viloyat Partiya Komiteti tomonidan davlat xavfsizligi organlariga ishga joʻnatilgan. U Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va Moskva shaharlarida alohida oliy tahsil olgan, 1957-yilda esa Ozarbayjon Davlat universitetining tarix fakultetini bitirgan. Davlat xavfsizligi organlarida yigrma besh yil (1944—1969) xizmat qilgan Haydar Aliyev 1965-yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komiteti Ozarbayjon raisining oʻrinbosari, 1967-yilda esa uning raisi vazifasiga koʻtarilgan. H.Aliyevga 1967-yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komiteti tomonidan general-mayor unvoni berilgan.

Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Markaziy Komitetining 1969-yil 14-iyuldagi tarixiy plenumida 46 yoshli Haydar Aliyev Ozarbayjon KP MKning birinchi kotibi etib saylandi va 1982-yilga qadar Ozarbayjon SSRga rahbarlik qildi. Haydar Aliyev respublikaga rahbarlik qilgan davrda (1969—1982) boshqaruvning mustahkamlanishi, kadrlarga nisbatan talabchanlikning ortishi natijasida iqtisodiy-ijtimoiy sohada ulkan natijalar qoʻlga kiritildi. 1982-yilning dekabrida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosining aʼzosi etib saylangan Haydar Aliyev SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va SSSRning rahbarlaridan biriga aylandi.

Haydar Aliyev SSSR Oliy Sovetining (8, 9, 10 vs 11-chaqiriqlar) deputati, 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisining oʻrinbosari (1974—1979), RSFSR Oliy Sovetining deputati (XI chaqiriq, 1985), Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining (7, 8, 9, 10 va 12-chaqiriqlar) deputati va Ozarbayjon SSR Oliy Soveti Prezidiumining aʼzosi (8, 9 va 10-chaqiriqlar) boʻldi.

Sov. IKP MKning 1987-yil oktabr plenumida Haydar Aliyev Sov. IKP MK Siyosiy Byurosining aʼzoligidan va SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlaridan oʻz arizasiga koʻra isteʼfo berdi.

Haydar Aliyev 1990-yilning 20-yanvarida sovet qoʻshinlarining Bokuda amalga oshirgan qonli fojeasi tufayli ertasi kuni (21-yanvar, 1990-yil) Ozarbayjonning Moskvadagi vakili sifatida bayonot bilan chiqish qilib, Ozarbayjon, xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatning tashkilotchilari va ijrochilarining jazolanishini talab qildi. U Togʻli Qorabogʻda vujudga kelgan keskin mojaroli vaziyat bilan aloqador SSSR rahbariyatining ikkiyuzlamachilik siyosatiga eʼtiroz ramzi sifatida 1991-yilning iyulida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi safini tark etdi.

1990-yilning iyulida Ozarbayjonga qaytgan Haydar Aliyev dastlab Bokuda, keyin esa Naxchivonda yashadi, xuddi shu yilda Ozarbayjon Oliy Sovetiga deputat qilib saylandi. U 1991—1993-yillarda Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi raisining oʻrinbosari sifatida Oliy Sovetning sessiyalarida faol ishtirok etdi. Haydar Aliyev 1992-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasining Naxchivon shahrida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida partiyaning raisi etib saylandi.

1993-yilning may-iyunida Ganja shahrida Sur’at Huseynov boshchiligida prezident Abulfaz Elchibeyga qarshi koʻtarilgan Ganja isyoni natijasida mamlakatda fuqarolar urushi va mustaqillikni boy berish xavfi tugʻilganda Ozarbayjon xalqi Haydar Aliyevning hokimiyatga qaytarilishi talabi bilan oyoqqa qalqdi, bu, asl maʼnoda, milliy harakatga aylanib ketdi, Ozarbayjonning oʻsha paytdagi davlat boshliqlari uni rasman Bokuga daʼvat etishga majbur boʻldilar. Haydar Aliyev 15-iyunda Ozarbayjon Oliy Sovetining raisi qilib saylandi, 24-iyunda esa Milliy Majlisning qarori bilan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining vazifasini amalga oshira boshladi.

1993-yil 3-oktabrda umumxalq saylovi natijasida Haydar Aliyev Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Uning Ozarbayjon rahbarligiga qaytishi bilan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, sotsial, iqtisodiy, ilmiy-madaniy hayotida, xalqaro aloqalarida oʻzgarishlar sodir boʻldi, ilmiy asoslarga, xalqaro meʼyor va tamoyillarga asoslangan mustaqil davlat qurilishi jarayoni boshlandi. Ozarbayjon davlatchiligining mavjudligiga katta xavf slogan 1994-yil oktabr va 1995-yil mart davlat toʻntarishi harakatlarining oldi olindi, davlat mustaqilligi saqlab qolindi, qurolli yoʻl bilan hokimiyatni egallash harakatlariga chek qoʻyildi.

1994-yil 20-sentabrda Bokuda „Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektorida „Ozariy“, „Chiroq“ qatlamlari teranlikda joylashgan qismining birgalikda qazilishi va olingan neftning pay shaklida taqsimlanishi toʻgʻrisida“ jahonning 11ta eng yirik neft shirkati bilan Asr Shartnomasi imzolandi.

Haydar Aliyevning prezidentligi davrida milliy armiya qurilishida jiddiy oʻzgarishlar boshlandi. Tajovuzkor qurolli kuchlarning Ozarbayjon hududidagi boshboshdoqliklarning oldi olindi, gʻaddor dushmanga qarshi zarbalar berildi va 1994-yilning mayida Armaniston — Ozarbayjon, Togʻli Qorabogʻ mojarosini hal etishning dastlabki bosqichi sifatida front chizigʻida otishmalarni toʻxtatishning eʼlon qilinishiga erishildi.

1995-yilning noyabrida umumbashariy demokratik qadriyatlarni oʻzida aks ettirgan Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining referendum yoʻli bilan qabul qilinishi 1995 va 2000-yillarda koʻppartiyaviylik asosida demokratik parlament saylovlarining oʻtkazilishi, Konstitutsiyaviy sudning faoliyat boshlashi, Ozarbayjonda oʻlim jazosining bekor qilinishi, „Mahalliy organlarga saylovlar toʻgʻrisida“gi Qonunning va boshqa bir qator qonunlarning qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi aynan Haydar Aliyevning nomi bilan bogʻliqdir.

Haydar Aliyev 1998-yil 11-oktabrda xalqning yuksak faolligi sharoitida boʻlib oʻtgan saylovlarda 76,1 foiz ovoz toʻplab, yangidan Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti etib saylandi.

Haydar Aliyev 2001-yilning 15-maydagi tarixiy farmoni bilan EAga Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi maqomini berdi va bu bilan ushbu ulkan fan tashkilotining Ozarbayjon xalqi oldidagi xizmatlarini hamda akademik fanning mamlakat ravnaqidagi asosiy omillaridan ekanligi faktini yana bir bor yuksak saviyada tasdiq etdi. Haydar Aliyevning tashabbusi, bevosita rahbarligi bilan 2001-yil 9-10-noyabrda dunyo ozarbayjonliklarining Bokuda boʻlib oʻtgan I qurultoyi Ozarbayjon diasporasi faoliyatining yaxshilanishi va kuchaytirilishi sohasida juda muhim tarixiy qarorlar qabul qildi.

2003-yilgi prezident saylovlarida oʻz nomzodining ilgari surilishiga rozilik bergan Haydar Aliyev salomatligi borasida yuzaga kelgan muammolar tufayli saylovlarda ishtirok etishdan voz kechdi va oʻz nomzodligini Ilhom Aliyev foydasiga qaytarib oldi.

Ozarbayjonning umummilliy lideri Haydar Aliyev 2003-yil 12-dekabrda oʻzi davolanayotgan Klivlend Klinikasida (AQSH) vafot etdi va 15-dekabrda Bokudagi I faxriy Xiyobonda dafn etildi.

Mukofotlari, taqdirlanishlari va faxriy nomlari SSSR davri „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali — 1945 „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan urushida koʻrsatgan fidokorona mehnatlari uchun“ medali — 1945 „Sovet armiyasi va Flotining 30 yilligi“ medali — 1948. „Fidokorona mehnatlari uchun“ medali — 1949. „Urushda koʻrsatgan xizmatlari uchun“ medali — 1954. „SSSR Qurolli Kuchlarining 40 yilligi“ yubiley medali — 1957 II darajali „Namunaviy xizmatlari uchun“ medali — 1959 „DXKning faxriy xodimi“ nishoni — 1960 „Qizil Yulduz“ ordeni — 1962. Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining Faxriy Yorligʻi — 1964 I darajali „Namunali xizmatlari uhun“ medali — 1964 „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi“ medali −1965 „Sovet militsiyasining 50 yilligi“ yubiley medali — 1967 „UFK — VXK 50 yilligi nishoni“ — 1967 „SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi“ yubiley medali — 1967 „SSSR Chegara Qoʻshinlarining 50 yilligi“ yubiley nishoni — 1968 „V.I.Lenin tugʻilganining 100 yilligi sharafiga fidokorona xizmatlari uchun“ yubiley medali — 1970 5 marta Lenin ordeni (1971, 1973, 1976, 1979, 1983). „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan urushida erishilgan gʻalabaning 30 yilligi“ yubiley medali — 1975 „SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi“ yubiley medali — 1978 Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1979, 1983) „Oktabr Revolyutsiyasi“ ordeni — 1982 Sov. IKP MK „Politicheskoe samoobrazovanie“ jurnali tahrir hay’atining Faxriy Yorligʻi — 1982 „Kiyevning 1500-yillik yubileyi xotirasiga“ — 1982 „Georgiy Dmitrov tugʻilganining 100 yilligi“ yubiley medali — 1982. Georgiy Dmitrov ordeni — 1983. „Komsomolsk — Amurning 50 yilligi“ yubiley medali — 1984 VLKSM MK ning „60 yil V.I.Lenin nomi bilan“ faxriy nishoni — 1984 „Qirgʻiziston SSR va Qirgʻiziston Kommunistik Partiyasining 60 yilligi“ xotira medali — 1984 „Patris Lumumba nomidagi Xalqlar Doʻstligi universiteti — 25 yil“ medali — 1985 „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalabaning 40 yilligi“ yubiley medali — 1985 I darajali Vatan Urushi Ordeni — 1985. „SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi“ yubiley medali — 1988.

Mustaqillik davri Tbilisi Davlat universitetining faxriy doktori — 1996. Kiyev shahrining faxriy mehmoni — 1997. Turkiya — Ozarbayjon Doʻstligi Vaqfining faxriy raisi — 1997. Hindiston — Boku Assotsiyatsiyasining faxriy aʼzosi — 1997. Amerika — Ovroosiyo Sanoat — Savdo Palatasining „1997-yil kishisi“ mukofoti — 1997. Milliy Olimpiya Komitetlari Assotsiyatsiyasining „Layagad“ mukofoti — 1997. „Anqara tadbirkorlari“ jamiyatining „1997-yilning ajoyib davlat arbobi“ mukofoti — 1997. „Anqara tadbirkorlari“ jamiyatining 1998-yilning davlat arbobi" mukofoti — 1998. „Anqara tadbirkorlari“ jamiyatining „2001-yilning dono davlat arbobi“ mukofoti — 2001. „Anqara tadbirkorlari“ jamiyatining „2002-yilning davlat arbobi“ mukofoti — 2002. Qirqpinor erkin kurash musobaqalarining „Bosh Ogʻasi“ — 1998. Qars shahar hokimining „1997-yil inson huquqlari“ mukofoti — 1998. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining „Yilning davlat arbobi“ mukofoti — 1998. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining „Yilning davlat arbobi“ mukofoti — 1999. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining „Yuksak bashariy xizmat“ mukofoti — 2002. Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining faxriy raisi — 2002. Turk Dunyosi Yozuvchilar va Sanʼatkorlar vaqfining „Turk dunyosiga xizmat“ mukofoti — 1998. Turk Dunyosi Yozuvchilar va Sanʼatkorlar vaqfining „Turk dunyosining 2001-yil alohida mukofoti“ — 2002. Ozarbayjon Yozuvchilar biligining aʼzosi — 1998. Rossiyaning Saratov viloyatidagi „Yurt“ jamiyatining faxriy aʼzosi −1998. Turkiya Gazetachilar va Yozuvchilar vaqfining „Xalqaro turk dunyosi qardoshlik va doʻstlik mukofoti“ — 1998. Turkiya Gazetachilar va Yozuvchilar vaqfining „Xalqaro turk dunyosi qardoshlik va doʻstlik mukofoti“ — 2000. Turkiya Boyburt diyorining „Dada Qoʻrqut“ mukofoti — 1998. Turkiya Izmir shahri Qarshiyoko hokimining „Inson huquqlari“ xalqaro mukofoti — 1998. Turkiya Ipak Yoʻli vaqfining faxriy aʼzosi va mukofoti — 1998. Turkiya Ipak Yoʻli vaqfining 1998-yil „Buyuk lider“ mukofoti va vaqfning faxriy raisi — 1999. Turkiya Ipak Yoʻli vaqfining „1999-yilning davlat arbobi“ mukofoti — 2000. Turkiya Ipak Yoʻli vaqfining „2001-yilning davlat arbobi“ mukofoti — 2001.