Muvahhidlar davlati ( ad-Dawla l-Muwaḥḥidiyya) – Shimoliy Afrikadagi davlat (1146–1269). Muvahhidlar davlati Murobitlar sulolasi bilan kurash jarayonida vujudga kelgan. Abdulmoʻmin hukmronligi paytida 1161-yilga kelib Muvahhidlar davlatining hududi ancha kengaygan. Rekonkista davrida Muvahhidlar davlati parchalanib keta boshlagan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Muvahhidlar davlati Turkum:Tarixiy davlatlar Turkum:Xalifaliklar