Antranil kislota -o-aminobenzoy kislota, rangsiz kristall. Mol. m. 137,14. Suyuqlanish temperaturasi 145°. Issiq xloroform, etanol va piri-dinda yaxshi eriydi. Haydalganda kar-boksil guruhini yoʻqotib anilinga aylanadi. Eritmalari shirin boʻlib, koʻk flu-oressensiyalanish xususiyatiga ega. Antranil kislota ftalimidning ishqoriy eritmasiga natriy gipobromit yoki natriy gipoxlorit taʼsir ettirib olinadi. Sirka kislota eritmasida Antranil kislota kadmiy, kobalt, mis, nikel, rux, molibden, qoʻrgʻoshin va simob bilan ichki kompleks (kam eruvchan) birikmalar hosil qiladi. Uning bu xususiyatidan mazkur elementlar miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Antranil kislota turli azoboʻyoklar olish uchun asosiy xom ashyodir. Uning metil efiri atir-upa ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Kislotalar