Ariozo ( – ariyaga oʻxshash) – 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Koʻpincha operalarning rechitativli sahnalari oʻrtasi (yoki oxiri)da foydalaniladi. Aleksey Kozlovskiyning „Ulugʻbek“ operasidagi Ulugʻbek va Chol, M. Yusupovning „Xorazm qoʻshigʻi“ operasidagi Diddor, R. Hamroyevning „Zulmatdan ziyo“ operasidagi Gulnor Ariozolari;
2) vokal va cholgʻu musiqasida kichik shaklli lirik, vazmin sur’atli asar. Sulaymon Yudakovning „Muborakbod“ kantatasidagi „Ona oxi“ va boshqa;
3) tabiatan kuychan ijro uslubi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Musiqiy atamalar