Ahmad Bogʻishamoliy, Pir Ahmad Bogʻishamoliy (XV asr) — Amir Temur saroyida xizmat qilgan rassom. Samarqanddagi Bogʻi Shamol va boshqa saroylarni mohirona bezagan. Ahmad Bogʻishamoliy Abdulhayning zamondoshi boʻlib, uning ijodiy uslubini davom ettirgan. Rassomning miniatyura asarlari bizgacha yetib kelmagan. Mutaxassislarning fikricha, Jomiyning „Silsilat uz-zahab“ („Oltin zanjir“) asari oxirida berilgan ikki betli diptixni Ahmad Bogʻishamoliy bajargan (Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonada saqlanmoqda).
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Ahmad Bogʻishamoliy · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.