VatvotVatvot () – koʻrshapalak, uchar sichqon, adibning jussasi kichikligiga ishora., Rashididdin, Rashid (taxalluslari; asl ismi Muhammad bin Abduljalol al-Umariy; 1087-yil, Balx – 1177 yoki 1183-yil, Xorazm) – shoir, adabiyotshunos olim.

Hayoti Balxning „Nizomiya“ madrasasida taʼlim olgan, falsafa, adab haqidagi ilmlarni chuqur oʻrgangan. Keyinchalik Xorazmga kelib, Xorazmshoh Otsiz (1127—56) saroyida ijod qilgan. „Saʼd-al-mulk“ („Mamlakat baxti“) faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. Fors va arab tillarida yozgan. Gʻazal, ruboiy, qitalarida adolat, odamiylik, insoniy muhabbatni ulugʻlagan. Qasidalari xorazmshohlarga bagʻishlangan. Sheʼriyat nazariyasiga oid „Hadoiq as-sehr fi daqoiq ash-sheʼr“ („Sheʼriy nozikliklardan sehr bogʻlari“) asari 1156-yilgacha Xorazmda yozilgan. Unda tajnis, sajʼ, zulqofiyatayn, maqlubi mustavi, savol-javob kabi sheʼriy sanʼatlar haqida soʻz yuritilgan. Asar keyingi davr shoir va adabiyot olimlariga qoʻllanma sifatida xizmat qilgan. Adabiyotshunos Sharafiddin Romiy (XIV asr) bu asarga „Hadoiq al-haqoyiq“ („haqiqat bogʻlari“) nomli sharh yozgan. Shams Qays Roziy, Ataulloh Xusayniy sheʼriy sanʼatlar haqidagi asarlarida unga murojaat qilganlar. Bobur ham „Muxtasar“ risolasida Vatvotni tilga olgan.

Izohlar

Manbalar

Turkum:Shoirlar Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar